Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mujibillo Tursunov WBC Gran-pri musobaqasi finaliga chiqdi
Endi u finalda kolumbiyalik Karlos Utriaga qarshi ringga chiqadi. Final jangi 20 dekabr kuni o‘tkaziladi.
Saudiya Arabistonida boks bo‘yicha WBC Gran-pri musobaqasining yarim final janglari o‘tkazildi.
Mazkur turnirda o‘zbekistonlik bokschi Mujibillo Tursunov yarim finalda ukrainalik Danilo Lozanga qarshi ringga ko‘tarildi.
6 raundga mo‘ljallangan jangda Mujibillo Tursunov ochkolar evaziga g‘alaba qozonib, finalga yo‘l oldi.
Endi u finalda kolumbiyalik Karlos Utriaga qarshi ringga chiqadi.
Final jangi 20 dekabr kuni o‘tkaziladi.
Mujibillo Tursunov 20 iyun kuni o‘tkazilgan nimchorak final bahsida Alan Esekel Dutra hamda 13 avgust kuni o‘tkazilgan chorak final jangida Misael Kabrera Urias ustidan g‘alaba qozongandi.
Mavzuga oid
07:17 / 24.05.2026
Shahram G‘iyosov professional boksda ilk bor mag‘lubiyatga uchradi
20:43 / 27.04.2026
Sobiq jahon chempionlari Fyuri va Joshua jang haqida kelishib oldi
00:24 / 02.03.2026
O‘zbekistonlik bokschilar "Stranja-2026" musobaqasida 7 ta oltin medalni qo‘lga kiritishdi
10:01 / 22.02.2026