Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistondan Xitoyga 9 oy davomida yetkazilgan tabiiy gaz miqdori ma’lum bo‘ldi
Mamlakat Xitoyga gaz yetkazib beruvchilar orasida beshinchi o‘rinni egallab turibdi.
Foto: RIA Novosti
O‘zbekiston 2025 yil 9 oyida Xitoyga taxminan 630 million dollarlik tabiiy gazni quvur orqali eksport qildi. Bu haqda Xitoy bojxona boshqarmasi ma’lumotlariga tayanib TASS xabar berdi.
Qayd qilinishicha, ta’minotchilar orasida Rossiya yetakchilik qilmoqda – 7,29 mlrd dollar. Bu o‘tgan yilga nisbatan 18,9 foizga ko‘proq.
Rossiyadan keyin ushbu resursni Xitoyga eksport qiluvchilar ro‘yxatida Turkmaniston joylashgan bo‘lib, u uzoq vaqt davomida boshqa mamlakatlardan katta farq bilan tegishli ko‘rsatkich bo‘yicha birinchi o‘rinda edi. Yanvar-sentabr oylarida Turkmanistondan Xitoyga quvur orqali gaz yetkazib berish 12,7 foizga kamayib, 6,46 milliard dollarni tashkil etdi. Keyingi o‘rinlarda Myanma (1,18 milliard dollar), Qozog‘iston (854,7 million dollardan ortiq) va O‘zbekiston (taxminan 629,8 million dollar).
Ta’kidlanishicha, so‘nggi yillarda Xitoy bojxonasi boshqa davlatlardan sotib olinayotgan quvur gazining fizik hajmini ko‘rsatmayapti.
Xitoy bojxona boshqarmasi statistik ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yilda Xitoy 21,1 milliard dollarlik quvur gazini import qilgan - bu 2023 yilga nisbatan 8,6 foizga ko‘p. Uning Rossiyadagi xaridlari 25 foizga oshib, 8,03 milliard dollarni tashkil etgan.
Mavzuga oid
18:54 / 04.12.2025
Sirdaryo viloyatida Xitoy bilan hamkorlikda avtomobil ishlab chiqariladi
17:37 / 04.12.2025
Sirdaryodagi 9 ta tuman-shahar hokimlari Xitoyga yo‘l oladi
11:44 / 04.12.2025
O‘zbekistondan Daniyaga ilk bor oziq-ovqat va quruq meva eksport qilindi
11:22 / 04.12.2025