Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda 150 mln dollarlik tibbiyot klasteri tashkil etiladi
Kattalar uchun ko‘p tarmoqli zamonaviy tibbiyot markazi qurilishi boshlandi.
Toshkent shahrida Koreya Eksimbanki bilan hamkorlikda zamonaviy tibbiyot klasteri tashkil etiladi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Qayd qilinishicha, Koreya Respublikasining Iqtisodiy rivojlanish va hamkorlik fondi (EDCF) ishtirokida Kattalar uchun ko‘p tarmoqli zamonaviy tibbiyot markazi loyihasini amalga oshirish bo‘yicha bosh pudratchi sifatida tanlangan Keryong konsorsiumi rahbari va Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rtasida shartnoma imzolandi hamda qurilishga start berildi.
Mazkur loyiha umumiy qiymati 149,8 mln AQSh dollarini tashkil etib, shundan 124 mln dollar — Koreya Eksimbanki orqali EDCF kredit mablag‘lari, 25,8 mln dollar esa — O‘zbekiston Respublikasining ulushi hisoblanadi.
Loyihaning amalga oshirilishi bilan jahon standartlariga mos keladigan, IV darajali, quvvati 300 o‘rinli bo‘lgan yangi shifoxona binosi barpo etilib, bu yerda 700 nafardan ortiq xodim uchun yangi ish o‘rinlari yaratiladi.
130 nafar o‘zbekistonlik tibbiyot xodimi malaka oshirish uchun Koreya Respublikasiga yuboriladi, 32 nafar koreyalik yuqori malakali mutaxassis O‘zbekistonga jalb etiladi.
Ta’kidlanishicha, shifoxonada yiliga 8,5 mingta yurak qon-tomir xirurgiyasi, transplantologiya, neyroxirurgiya, reabilitatsiya, orqa miya va bo‘g‘im og‘riqlari bilan bog‘liq yuqori texnologik jarrohlik operatsiyalarni o‘tkazish imkoni bo‘ladi.
Ma’lumot o‘rnida, 2020 yilda Toshkentda EDCF ishtirokida imkoniyatlari va yo‘nalishi jihatdan Markaziy Osiyoda yagona bo‘lgan tibbiyot muassasasi — Bolalar milliy tibbiyot markazi barpo etilgan edi.
Mavzuga oid
12:11
O‘zbekistonda birinchi Xalqaro islom forumi bo‘lib o‘tadi
18:20 / 04.07.2026
Toshkentning har bir tumanida 15-20 tadan jamoat hojatxonalari quriladi
17:57 / 04.07.2026
Toshkentda yangi tipdagi maktablar quriladi: sportzal va oshxona yerto‘lada bo‘ladi
17:37 / 04.07.2026