Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp agar Rossiya va Ukraina tinchlikka erishmasa, «og‘ir oqibatlar» haqida ogohlantirdi
Prezident, shuningdek, Ukraina Rossiya bilan urushda hali ham g‘alaba qozonishi mumkinligini, biroq bunday natija bo‘lishi dargumonligini ta’kidladi.
AQSh Ukrainadagi mojaroni tugatish uchun sa’y-harakatlarni amalga oshirmoqda, agar bu amalga oshmasa, «ko‘pchilik katta tovon to‘laydi», dedi Amerika prezidenti Donald Tramp jurnalistlar bilan uchrashuvda.
«Biz kelishuvga erishishga harakat qilyapmiz. Agar u amalga oshsa - juda yaxshi. Aks holda, ko‘pchilik katta narx to‘laydi», dedi u.
Prezident, shuningdek, Ukraina Rossiya bilan urushda hali ham g‘alaba qozonishi mumkinligini, biroq bunday natija bo‘lishi dargumonligini ta’kidladi.
Shuningdek, Oq uy rahbari Putin va Zelenskiy haqidagi fikrlarini aytdi.
«Ular bir birini yomon ko‘radi, bu esa vaziyatni biroz murakkablashtirmoqda», dedi u.
O‘tgan hafta Tramp Putin bilan telefon orqali muloqot qildi va Zelenskiy bilan yuzma-yuz uchrashdi. Telefon orqali suhbat 16 oktabr kuni, Ukraina rahbari bilan Oq uydagi muloqotdan bir kun oldin bo‘lib o‘tgan.
Tramp Putin bilan suhbatdan so‘ng, u bilan ikkinchi uchrashuv - Budapeshtda bo‘lib o‘tishini e’lon qildi. Sammit sanasi hozircha noma’lum, u yaqin haftalarda bo‘lib o‘tishi taxmin qilinmoqda.
Mavzuga oid
21:57
Ukraina dronlari ilk bor Omsk neftni qayta ishlash zavodiga hujum qildi
13:38
Rossiya Kiyevni yana o‘qqa tutdi – suratlar
12:25
FIFAda mojaro: tashkilot amerikalik futbolchining diskvalifikatsiyasini kechiktirdi
12:11