Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalarni ko‘rib chiqishni keyinga qoldirdi
AQSh Senati Putin va Tramp Budapeshtda uchrashguncha Rossiyaga qarshi sanksiyalar to‘g‘risidagi qonun loyihasini ko‘rib chiqmaydi. Yangi qonun loyihasi Rossiyadan neft sotib oluvchi mamlakatlarga 500 foizlik tariflarni joriy etish imkonini beradi.
Foto: Yevgeniy Razumnyy / Vedomosti
AQSh Senati prezident Donald Tramp rossiyalik hamkasbi Vladimir Putin bilan Budapeshtda uchrashguncha Rossiyaga qarshi sanksiyalar to‘g‘risidagi yangi qonun loyihasini ko‘rib chiqmaydi. Bu haqda 20 oktyabr, dushanba kuni Senatdagi respublikachilar yetakchisi Jon Tunga tayanib, Bloomberg xabar berdi.
«Ayni paytda biz pauzani bosmoqdamiz», — deya senator so‘zlarini keltiradi agentlik.
Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, AQSh prezidenti Rossiyadan energiya sotib oluvchi va Ukrainani faol qo‘llab-quvvatlamaydigan mamlakatlardan import qilinadigan tovarlarga 500 foizgacha boj joriy etishi mumkin. Bloomberg ta’kidlashicha, Xitoy va Hindiston, jumladan, yangi cheklovlarga duchor bo‘lishi mumkin.
O‘tgan hafta Tun AQSh Senati qonun loyihasini 30 kun ichida ovozga qo‘yish niyatida ekanligini e’lon qildi. 100 senatordan kamida 85 nafari qo‘llab-quvvatlaganiga qaramay, qonun loyihasi bir necha oydan beri mavhumlikda turibdi.
Mavzuga oid
07:52
Pentagonning ichki hujjati: Xitoy AQSh dengiz ustunligiga qanday chaqiriq tashlamoqda?
23:06 / 19.12.2025
Turkiya mamlakat hududiga Rossiya droni qulaganini ma’lum qildi
22:42 / 19.12.2025
Ukraina O‘rtayer dengizida birinchi marta Rossiyaning «yashirin floti» tankeriga zarba berdi
22:17 / 19.12.2025