Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2025 yilda AQShdan chiqib ketganlar soni kirib kelganlar sonidan oshdi – OAV
Bruking instituti hisob-kitoblariga ko‘ra, o‘tgan yili AQShni tark etganlar soni mamlakatga kelganlar sonidan 150 ming kishiga oshgan, deb yozdi The Wall Street Journal (WSJ). Gazetaning qayd etishicha, bunday vaziyat 1929-1939 yillardagi Buyuk depressiya davridan beri birinchi marta yuzaga kelgan.
Foto: Getty images
Tahlilchilarning baholashicha, joriy yilda ham mamlakatni tark etuvchilar soni ko‘payadi. Shu bilan birga, ular raqamlar haqiqiy raqamlardan farq qilishi mumkinligini, chunki rasmiy ma’lumotlar ketganlar sonini to‘liq aks ettirmasligini ta’kidlamoqda.
AQSh Ichki xavfsizlik vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilda mamlakatdan 675 ming kishi deportatsiya qilingan, yana 2,2 million kishi «o‘zini o‘zi deportatsiya qilgan». WSJ 15 mamlakat ma’lumotlariga asoslanib, ularga yana kamida 180 ming amerikalik qo‘shilganini yozdi.
2025 yilda AQShga kelganlarning umumiy soni 2,6 milliondan 2,7 milliongacha bo‘lib, bu 2023 yildagi 6 millionlik eng yuqori ko‘rsatkichdan past. Qat’iy migratsiya siyosati Donald Trampning ikkinchi prezidentlik muddati ma’muriyatining asosiy yo‘nalishlaridan biriga aylandi.
AQSh fuqarolari migratsiyasining mashhur yo‘nalishlari orasida Janubiy Amerika va Yevropa mamlakatlari sanab o‘tildi. WSJ ma’lumotlariga ko‘ra, Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlarda yashash va ishlash uchun kelgan amerikaliklar soni eng yuqori ko‘rsatkichlarga yetgan va o‘sishda davom etmoqda. Bundan tashqari, AQSh fuqaroligidan voz kechish uchun ariza beruvchilar soni ortib bormoqda: 2024 yilda bunday so‘rovlar soni, immigratsiya firmalari ma’lumotlariga ko‘ra, 48 foizga oshgan.
Aholini ro‘yxatga olish statistik ma’lumotlariga ko‘ra, oxirgi marta AQShdan ko‘proq fuqarolar 1935 yilda ko‘chib ketgan va borish manzili sifatida Sovet Ittifoqi tanlangan, deyiladi maqolada.
WSJ buni Tramp ma’muriyati siyosati bilan bog‘lamoqda. Qolaversa, gap nafaqat mamlakatdagi iqtisodiy vaziyat, balki hayot sifatini baholash, jumladan, Amerikaning rivojlanishidan hafsalasi pir bo‘lishi haqida ketmoqda, deb ta’kidlaydi gazeta.
Oq uy vakilining nashrga bergan izohida ta’kidlashicha, AQSh iqtisodiyoti boshqa rivojlangan mamlakatlardan ancha oldinda, Tramp ma’muriyatining siyosati esa yuz minglab noqonuniy migrantlarni deportatsiya qilish va «Qo‘shma Shtatlarda yashash huquqini beradigan «oltin karta» uchun 1 million dollar sarflaydigan» «o‘ta yuqori daromadli son-sanoqsiz xorijliklarni» jalb qilishdan iborat.
Mavzuga oid
18:57
Kubaga «hujum qilgan» bosqinchilar o‘ldirildi. AQShning kommunist qo‘shnisida nimalar bo‘lyapti?
09:10
Zelenskiy va Tramp RF bilan muloqotni va Jyenevadagi uchrashuvni muhokama qildi
08:42
Kuba chegarachilari AQSh katerini o‘qqa tutdi: to‘rt kishi halok bo‘ldi
00:01