Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyalik bloger Ilya Varlamov «terrorchilar va ekstremistlar» reyestriga kiritildi
Taniqli bloger dunyoning ko‘plab mamlakatlarida, shu jumladan O‘zbekistonda ham bo‘lib, shaharsozlik, obodonlashtirish, infratuzilma muammolariga bag‘ishlangan foto va video materiallarni e’lon qilgan.
Ilya Varlamov
Rosfinmonitoring «terrorchilar va ekstremistlar» reyestrini yangiladi. Unga 69 kishi, jumladan, bloger Ilya Varlamov, siyosatshunos Sergey Medvedev va «Dojd» telekanali boshlovchisi Anna Mongayt kiritildi.
Ularning ismlari yonida hech qanday belgi yo‘q, bundan kelib chiqadiki, Rossiya hukumati ularni «ekstremistik faoliyatga aloqador» deb hisoblaydi.
Rosfinmonitoring reyestriga kiritilgan odamlar bank operatsiyalarini amalga oshira olmaydi - ularning Rossiyadagi hisoblari bloklanadi.
2025 yil avgust oyida Moskva sudi Ilya Varlamovni sirtdan umumiy rejimdagi 8 yillik koloniyaga hukm qilib, blogerni armiya haqida «feyklar» tarqatish va «chet el agenti» majburiyatlarini bajarishdan bo‘yin tovlash moddalari bo‘yicha aybdor deb topdi. Shuningdek, unga 99,5 million rubl miqdorida jarima solingan.
Ilya Varlamov 2017 yildan buyon ijtimoiy tarmoqlarda shaharsozlik, qulay infratuzilma va siyosatga bag‘ishlangan kanallarni yuritadi. U dunyoning ko‘plab mamlakatlarida, shu jumladan O‘zbekistonda ham bo‘lib, shaharsozlik, obodonlashtirish, infratuzilma muammolariga bag‘ishlangan foto va video materiallarni e’lon qilgan.
Jumladan, O‘zbekistonning katta shaharlari hokimlariga birgalikda sayr qilib, odamlar muammosi bilan qiziqib ko‘rishni taklif qilgani, Samarqandga sayohat qilgani, u yerda osh yegani haqida materiallarni tayyorlagan. «O‘zbekiston temiryo‘llari»dagi xizmat ko‘rsatish sifatini tanqid qilgan.
Mavzuga oid
12:12
Rossiya Qora dengizda ikki fuqarolik kemasiga dronlar bilan hujum qildi
19:19 / 09.01.2026
Ukraina bilan urush davomida Rossiya 19 nafar generalini yo‘qotdi
15:42 / 09.01.2026
“Sen “go‘sht”san, o‘liging ham, tiriging ham bizniki, deyishdi” – Rossiya-Ukraina urushida qatnashgan sirdaryolik yigit hikoyasi
14:26 / 09.01.2026