Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyaning Kiyevga raketa hujumi: bir kishi halok bo‘ldi, yong‘inlar yuz berdi
Kiyev shahar hokimligi ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya havo hujumi tufayli shaharda portlashlar va yong‘inlar sodir bo‘ldi, uylar va avtomobillarga zarar yetdi. Havo kuchlari poytaxtga raketa hujumi amalga oshirilganini xabar qildi.
Foto: Ukraina Favqulodda vaziyatlar bo‘yicha davlat xizmati
Ukraina Qurolli kuchlari Havo kuchlari ma’lumotiga ko‘ra, Rossiya armiyasi 22 oktyabr, chorshanba kuni tungi soatlarda Kiyevga yana raketa hujumi uyushtirdi. Hujumda qo‘llangan raketalar soni va turlari ma’lum qilinmagan. Hujum oqibatida shaharda portlashlar va yong‘inlar sodir bo‘lgani tasdiqlandi. Kiyev vaqti bilan soat 6:00 holatiga ko‘ra, bir kishi halok bo‘lgan.
Kiyev shahar meri Vitaliy Klichko Telegram orqali xabar berishicha, portlash oqibatida parchalar shaharning Dnipro tumanidagi ko‘p qavatli uylardan birining hovlisiga tushgan. “Shu tuman hududida zarba to‘lqini tufayli uy oynalari sindi”, — dedi u mahalliy vaqt bilan soat 3:00 atrofida. Uch soat o‘tib shahar meri ma’lum qilishicha, hujum qilingan obektda bir nafar halok bo‘lgan shaxsning jasadi topilgan va 10 nafar odam qutqarilgan.
Kiyev shahar harbiy ma’muriyati rahbari Timur Tkachenko ham xabar berishicha, tinch aholi o‘limi Rossiya hujumi tufayli ko‘p qavatli uyning 8- va 9-qavatlarida yuz bergan yong‘in oqibatida sodir bo‘lgan.
Rasmiylar shuningdek Pechersk, Goloseyevskiy va Darnitskiy tumanlarida ham portlashlar va yong‘inlar yuz berganini ma’lum qildi. Klichkoning ta’kidlashicha: “Goloseyevskiy tumanda portlashdan keyin yong‘in yuz berdi. Pecherskiy tumanda parchalar uy hovlisiga tushdi va avtomobillarda yong‘in sodir bo‘ldi. Odamlar jarohat olmadi”. Ertalab esa u Rossiyaning yangi dronlar hujumi haqida ma’lum qildi.
Tkachenko ma’lumotiga ko‘ra, Darnitskiy tumanda ko‘p qavatli uy va noturar joy binosida yong‘inlar sodir bo‘ldi. “Desnyanskiy tumanda dushman droni ochiq hududga tushdi”, — dedi Kiyev shahar harbiy ma’muriyati rahbari.
Mavzuga oid
22:17 / 08.12.2025
Dunyodagi eng yirik yuk samolyoti Toshkentga qo‘ndi
21:45 / 08.12.2025
Putin aholi sonini o‘stirish uchun otalikni qo‘llab-quvvatlashni taklif qildi
19:00 / 08.12.2025
O‘zbekiston fuqaroligini qabul qilgan rossiyalik tennischi WTA 125 turniri g‘olibi bo‘ldi
12:25 / 08.12.2025