Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Internetda “arzon iPhone” taklif qilib, fuqarolarni aldagan shaxs qo‘lga olindi
Yangiyo‘l tumanida yashovchi, 2005 yilda tug‘ilgan shaxs e’lonlar platformasida soxta ma’lumotlar joylashtirib, Telegram'da bir nechta qalbaki akkauntlar orqali fuqarolardan oldindan to‘lov olish yo‘li bilan firibgarlik qilganlikda gumonlanib ushlandi. Dastlabki tekshiruvlarda unga tegishli 8 ta epizod aniqlandi.
Foto: IIBB
Tergovga qadar tekshiruvlar davomida gumonlanuvchi iPhone smartfonlarini “arzon” narxda sotishni va’da qilib, xaridorlarning ishonchini qozongani, oldindan pul undirib olgani ma’lum bo‘ldi. U e’lonlar platformasida soxta ma’lumotlar qo‘ygan, Telegram'da ayollar ism-shariflariga o‘xshash taxalluslar bilan 10 ga yaqin akkaunt ochgan va o‘zini boshqa shaxs sifatida tanishtirgan.
Ichki ishlar organlari ma’lumotiga ko‘ra, Nurafshon, Ohangaron, O‘rta Chirchiq, Yuqori Chirchiq, Bo‘ka, Qibray va Toshkent tumanlarida sodir etilgan shunga o‘xshash 8 ta jinoyat ayni ushbu shaxsga tegishli.
Mazkur holat yuzasidan gumonlanuvchiga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “b, g” bandlari (firibgarlikning og‘irlashtiruvchi holatlari) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
IIBB fuqarolarni ogohlikka chaqirib, shubhali onlayn savdolarga ishonmaslikni so‘radi.
Mavzuga oid
13:56 / 28.02.2026
iPhone va iPad NATOning maxfiy ma’lumotlari bilan ishlashga ruxsat oldi
23:08 / 23.02.2026
Ijtimoiy tarmoqlardagi «dipfeyk» firibgarliklar rekord darajaga yetdi
15:24 / 19.02.2026
Fuqarolar MyGov orqali bank kartalari va SIM-kartalari sonini ko‘ra oladi
14:03 / 19.02.2026