Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda dunyodagi eng tezkor poyezd sinovdan o‘tkazilmoqda
Xitoyda dunyodagi eng tez harakatlanuvchi elektropoyezd - CR450 - sinov reyslarini boshladi. U hozirda Shanhay–Chunsin–Chendu yo‘nalishida yuqori tezlikdagi temiryo‘l liniyasida ekspluatatsion sinovlardan o‘tkazilmoqda.
CR450 Foto: China Media Group
CR450 prototipi o‘tgan yil oxirida ilk bor relsga chiqqanidan beri qat’iy, uzluksiz sinovlardan o‘tmoqda. Barcha asosiy texnik ko‘rsatkichlar, jumladan soatiga 450 km/soatgacha maksimal tezlik bo‘yicha muvaffaqiyatli natijalar qayd etilgandan so‘ng, keyingi bosqichda 600 ming kilometr masofada uzluksiz harakat sinovi o‘tkaziladi. Shundan keyingina poyezdga tijorat yo‘lovchi tashuvlariga ruxsat beriladi.
Rekord tezlikka qanday erishildi? Mutaxassislar natija, asosan, aerodinamik va konstruktiv takomillashtirishlar hisobiga qo‘lga kiritilganini ta’kidlamoqda. Masalan, old qism Fuxing (350 km/soat) poyezdlaridagi 12,5 metrdan 15 metrgacha uzaytirildi — bu havo qarshiligini sezilarli kamaytiradi.
Shuningdek, umumiy havo qarshiligi 22 foizga qisqartirildi. Bunga bir qator muhandislik yechimlari sabab: vagon ostidagi qismlar to‘liq yopildi, pastki panellar havo oqimini tartiblaydi — bu jihatdan poyezd avtosport bolidlarini eslatadi. Shu bilan birga, poyezdning balandligi 20 sm ga, og‘irligi esa 50 tonnagacha qisqartirilgan.
So‘nggi besh yilda aerodinamik samaradorlik bosqichma-bosqich oshirilib borildi — hatto 0,1 foizlik yaxshilanishlar ham qayd etilgan.
Bu o‘zgarishlar natijasida tezlashish ham ancha yaxshilandi: CR450 noldan 350 km/soatgacha bor-yo‘g‘i 4 daqiqa 40 soniyada chiqadi. Bu mavjud Fuxing poyezdlariga nisbatan taxminan 100 soniyaga tezroq — ularga shunday tezlikka chiqish uchun kamida 6 daqiqa 20 soniya kerak bo‘ladi.
Xitoy samarali yo‘lovchi tashish va uzluksiz yuk oqimini ta’minlash maqsadida tez odimlamoqda. Mamlakat dunyodagi eng yirik yuqori tezlikdagi temiryo‘l va avtomagistral tarmoqlariga ega. Manbalarga ko‘ra, integratsiyalashgan transport infratuzilmasi ulkan miqyosga yetib, butun mamlakat bo‘ylab keng tarmoq hosil qilgan.
Mavzuga oid
18:54 / 04.12.2025
Sirdaryo viloyatida Xitoy bilan hamkorlikda avtomobil ishlab chiqariladi
17:37 / 04.12.2025
Sirdaryodagi 9 ta tuman-shahar hokimlari Xitoyga yo‘l oladi
11:22 / 04.12.2025
Makron Pekinga keldi: Ukraina urushi va savdo mojarolari muhokama qilinadi
19:03 / 02.12.2025