Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston yana yetti davlat fuqarolariga vizasiz kirishga ruxsat berdi
Hozir fuqarolari O‘zbekistonga kirish uchun viza olish haqida qayg‘urmaydigan davlatlar 86 ta.
Foto: Transport vazirligi
O‘zbekiston hukumati fuqarolari respublikaga 30 kun muddatga vizasiz kirishi mumkin bo‘lgan davlatlar ro‘yxatiga yana yettita davlatni qo‘shdi. Vazirlar Mahkamasi qaroriga (.pdf) ko‘ra, bunday huquqqa Bahrayn, O‘mon, Iordaniya, Qatar, Xitoy, Kuvayt va Saudiya Arabistoni fuqarolari ega bo‘ldi.
Xuddi shu hujjat 12 mamlakat: Avstriya, Belgiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Ispaniya, Italiya, Latviya, Malayziya, Fransiya, Chexiya, Shveytsariya va Yaponiya fuqarolari uchun biznes-viza rasmiylashtirishni 2 kunlik muddat bilan cheklaydi. BAA, Eron va Pokiston fuqarolari 3 kun ichida biznes-viza olishi mumkin.
Hozir fuqarolari O‘zbekistonga kirish uchun viza olish haqida qayg‘urmaydigan davlatlar 86 ta.
Ro‘yxatga eng so‘nggi qo‘shilgan davlat Xitoy bo‘lib, uning fuqarolari O‘zbekistonga 7 kun muddatga vizasiz kirishi mumkin edi. Endi ular uchun bu muddat 30 kungacha uzaytirildi.
Mavzuga oid
18:54 / 04.12.2025
Sirdaryo viloyatida Xitoy bilan hamkorlikda avtomobil ishlab chiqariladi
17:37 / 04.12.2025
Sirdaryodagi 9 ta tuman-shahar hokimlari Xitoyga yo‘l oladi
11:22 / 04.12.2025
Makron Pekinga keldi: Ukraina urushi va savdo mojarolari muhokama qilinadi
19:03 / 02.12.2025