O‘zbekiston | 22:46 / 24.10.2025
4527
3 daqiqa o‘qiladi

Turar joy majmualari uchun yangi talab va ko‘plab mashinalarni urib ketganlarga jazo - mahalliy dayjest

Kun davomida Kun.uz yoritgan muhim mahalliy yangiliklar bilan tanishtiramiz.

Video thumbnail
{Yii::t(}
O'tkazib yuborish 6s

Turar joy majmualarining nomi o‘zbek tilida bo‘lishi talabi qo‘yildi

Hukumat qaroriga binoan, 2026 yil 1 yanvardan boshlab yangi qurilayotgan turar joy majmualarining nomi davlat tilida bo‘lishi kerak.

Shuningdek, qurilish obektlari loyihalari aks etgan bino pasporti, peshlavhasi, qurilish maydonlari atrofidagi vaqtincha devor va to‘siqlardagi barcha yozuvlar, shu jumladan reklama va e’lonlar matnlari davlat tilida yozilishi talab etiladi.

YPX xodimidan qochib, ko‘plab mashinalarni urib ketgan yigit va qizga hukm o‘qildi

Sud hujjatlarida keltirilishicha, 2025 yil 19 aprel kuni YPX xodimi Gentra avtomobiliga to‘xtash ishorasini ko‘rsatgan. Ammo haydovchi to‘xtamasdan qochib ketgan va yo‘l-yo‘lakay 5 ta mashinani urgan.

Qayd qilinishicha, avtomobildagi yigit va qiz narkotik modda ta’sirida bo‘lgan. Haydovchi qizda haydovchilik guvohnomasi bo‘lmagan, shuningdek, avtomobilning davlat raqam belgisi yechib olingan.

Sudning hukmi bilan yigit va qiz jinoiy javobgarlikka tortildi. Avtomobillarga yetkazilgan zarar qoplab berilgani ta’kidlanmoqda.

Arxeologiya obektlarining davlat katalogi yuritiladi

Vazirlar Mahkamasi qarori bilan arxeologiya merosi obektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi ayrim normativ-huquqiy hujjatlar tasdiqlandi.

Qayd qilinishicha. Madaniyat ishlari vazirligi arxeologiya obektlarining davlat katalogini yuritadi va arxeologiya ashyolarini ro‘yxatdan o‘tkazishni amalga oshiradi.

Arxeologiya ashyolariga nisbatan fuqarolik huquqlari va burchlarini belgilash, o‘zgartirish yoki bekor qilish ular katalogda ro‘yxatdan o‘tkazilganidan keyingina amalga oshiriladi.

7 va undan yuqori ball olganlar IELTS uchun to‘lovni qanday qaytarib olishi mumkin?

2024 yilda IELTS imtihonida yuqori ball olgan talabalar soni oshdi: 13,4 ming ishtirokchi 7–8 ball, 300 dan ortiq kishi esa 8,5 va undan yuqori natijaga erishdi. Borgan sari ko‘proq yoshlar ingliz tilini C1 va C2 darajasida bilishini tasdiqlayapti, ammo hamma ham bunday natija imtihon uchun to‘langan mablag‘ni qaytarib olish huquqini berishini bilmaydi.

Aslida bu jarayon unchalik murakkab emas, lekin ba’zi nozik jihatlarni bilib olgan yaxshi.

Yo‘ldosh aloqa tarmoqlari operatorlari QQS va foyda solig‘idan ozod qilinadi

Prezident qaroriga ko‘ra, yo‘ldosh aloqa tizimini joriy etish va yo‘ldosh internet xizmatlarini ko‘rsatish O‘zbekiston hududida telekommunikatsiyalar sohasida litsenziyalanadigan faoliyat turlari etib belgilandi.

2026 yil 1 yanvardan boshlab, o‘rta va past orbitali yo‘ldosh aloqa tarmoqlarini O‘zbekiston hududida markaziy yer stansiyasi orqali tashkil qilish bilan bog‘liq bo‘lgan loyihalar doirasida 5 yil muddatga imtiyozlar beriladi.

Mavzuga oid