Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kamala Harris yana AQSh prezidentligiga nomzodini qo‘yishi mumkinligini aytdi
«Men butun faoliyatimni jamiyatga xizmat qilish bilan o‘tkazdim va bu mening qonimda bor», deb tushuntirdi u.
Foto: BBC
AQSh sobiq vitse-prezidenti Kamala Harris yana prezidentlikka nomzodini qo‘yishi mumkinligini aytdi. Bu haqda u BBC nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, siyosiy faoliyati «tugamagan».
«Men butun faoliyatimni jamiyatga xizmat qilish bilan o‘tkazdim va bu mening qonimda bor», deb tushuntirdi Harris.
Undan bir kun kelib Oq uyni boshqaradigan birinchi ayol bo‘la oladimi, deb so‘ralganida, siyosatchi shunday javob berdi: - Ehtimol, ha.

Biroq Harris prezidentlikka qayta nomzodini qo‘yish yoki qo‘ymaslik haqida hali bir qarorga kelmaganini ta’kidladi.
Ma’lumki, AQShda navbatdagi prezidentlik saylovi 2028 yilda bo‘lib o‘tadi.
«Xizmat qilishning ko‘plab usullari bor, ammo kelajakda nima bilan shug‘ullanishimni hamon hal qilmaganman», dedi u.
Shuningdek, Harris prezidentlik poygasida autsayder bo‘lishi va Demokratik partiyadan nomzod bo‘lish imkoniyati kamligi haqidagi taxminlarni rad etdi.
«Agar men so‘rovlarga quloq solganimda, birinchi lavozimga ham, ikkinchi lavozimga ham nomzodimni qo‘ymagan bo‘lardim va albatta, bu yerda o‘tirmagan bo‘lardim», deb ta’kidladi AQSh sobiq vitse-prezidenti.

U amaldagi prezidenti Donald Tramp faoliyatini tanqid qildi. U federal xavfsizlik idoralarini o‘z quroliga aylantirganini ta’kidladi, prezident talablariga osongina bo‘ysungan biznes va turli tashkilotlar rahbarlarini tanqid qildi.
«Ko‘pchilik... boshidanoq taslim bo‘ldi va zolim oldida tiz cho‘kmoqda. O‘ylashimcha, ko‘p sabablarga ko‘ra, jumladan, ular hokimiyat bilan yonma-yon bo‘lishni, ehtimol, ma’qullanishni yoki tergovdan qochishni xohlaydi», dedi u.
Kamala Harris so‘nggi prezidentlik saylovida 48,43 foiz ovoz to‘pladi va Donald Trampga yutqazgan edi.
Mavzuga oid
14:35
AQSh «Lukoyl»ga joriy etilgan ayrim sanksiyalarni vaqtincha bekor qildi
09:40
NYT OAV uchun joriy etilgan cheklovlar sabab Pentagonni sudga berdi
09:00
NATO Shimoliy Yevropa mudofaasi bo‘yicha shtabni AQShga ko‘chiradi
08:40