Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiya Arabistoni yuqori tezlikdagi temiryo‘l bo‘yicha yirik loyihani e’lon qildi
Saudiya Arabistoni Qizil dengiz bilan Fors ko‘rfazini bog‘laydigan, qiymati yetti milliard dollarga teng yuqori tezlikdagi temiryo‘l loyihasini ishlab chiqmoqda. Bu podshohlikning eng yirik shaharlarini o‘zaro ulash va Arabiston yarimorolida transport hamda savdo kelajagini qayta tasavvur etishga qaratilgan tashabbusdir.
Foto: SAR
«Quruqlik ko‘prigi» (Land Bridge) nomli loyiha — uni allaqachon «cho‘l mo‘jizasi» deb atashmoqda — deyarli 1500 kilometr uzunlikdagi temiryo‘l orqali Qizil dengizdagi Jiddani Fors ko‘rfazidagi Dammam bilan, Ar-Riyod orqali bog‘laydi.
Loyiha yakunlangach, Ar-Riyod–Jidda yo‘nalishida yo‘l vaqti avtomobilda taxminan 12 soatdan poyezdda to‘rt soatdan kam muddatgacha qisqaradi.
Yangi loyiha mamlakat temiryo‘l tarmog‘ini 5300 kilometrdan 8000 kilometrdan ortiqqa kengaytirishni ko‘zlaydi. Bu podshohlikka Fors ko‘rfazi mamlakatlari va arab mintaqalari uchun muhim logistika va transport uzeliga aylanish imkonini beradi.
Saudiya Temiryo‘l kompaniyasi (SAR) yuk va yo‘lovchi stansiyalardan iborat tarmoq barpo etishni rejalashtirmoqda. U podshoh Abdulloh portini yirik sanoat shaharlari, jumladan Yanbu bilan bog‘laydi. Modernizatsiya dasturi doirasida SAR soatiga 200 kilometrgacha tezlikka chiqishga qodir 15 ta yangi poyezdga buyurtma berdi.
Mavzuga oid
18:36 / 12.01.2026
Tojikistonda 2026 yilgi Haj ziyorati narxi arzonladi
20:58 / 10.01.2026
O‘zbekiston U23 jamoasi Osiyo Kubogidagi ikkinchi bahsda durang o‘ynadi
21:44 / 07.01.2026
O‘zbekiston U23 terma jamoasi Osiyo Kubogini g‘alaba bilan boshladi
17:56 / 06.01.2026