Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qurilish tarmog‘ida bino va inshootlar segmenti yetakchilik qilmoqda
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yil yanvar–sentabr oylarida mamlakatda bajarilgan qurilish ishlarining 68,9 foizi bino va inshootlar qurilishi hissasiga to‘g‘ri keldi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 6,1 foizga o‘sgan.
Foto: Kun.uz
Hisobot davrida qurilish sohasining tarkibiy tuzilishi quyidagi ko‘rinishda shakllandi:
Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha hajm
- bino va inshootlar qurilishi: 154,7 trln so‘m;
- fuqarolik obektlari qurilishi: 46,7 trln so‘m;
- ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari: 23,2 trln so‘m.
Jami qurilish ishlari hajmi taxminan 224,6 trln so‘mga teng.
Segmentlar ulushi: bino va inshootlar — ~68,9 foiz, fuqarolik obektlari — ~20,8 foiz, ixtisoslashtirilgan ishlar — ~10,3 foiz.
Yetakchilik, avvalo, turar-noturar joylar va ishlab chiqarish infratuzilmasini kengaytirish, rekonstruksiya hamda xususiy loyihalar faollashgani hisobiga ta’minlanmoqda.
Mavzuga oid
13:59
2025 yilning 11 oyida O‘zbekistonga 10,7 mln turist tashrif buyurdi
12:27
2025 yilda aloqa-axborotlashtirish xizmatlari tarkibi ma’lum qilindi
11:53
Hududlar kesimida fuqarolik obektlari qurilishi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkent shahrida
13:05 / 29.12.2025