Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda Škoda poyezdini yig‘ish yo‘lga qo‘yilishi mumkin
Chexiyaning Škoda kompaniyalar guruhi Markaziy Osiyo bozoriga yo‘naltirilgan faoliyatini davom ettirmoqda va O‘zbekiston bilan hamkorlikni chuqurlashtirmoqda.
Foto: Škoda Group
Chexiyaning Škoda Group kompaniyasi O‘zbekiston bozoriga kirish bo‘yicha strategik rejasini taqdim etdi.
Kompaniya bosh direktori Petr Novotni 24 oktabr kuni Bryusselda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev boshchiligidagi ishbilarmonlik muzokaralarida ishtirok etdi.
Qayd qilinishicha, Škoda kompaniyalar guruhi Markaziy Osiyo bozoriga yo‘naltirilgan faoliyatini davom ettirmoqda va O‘zbekiston bilan hamkorlikni chuqurlashtirmoqda.
Uchrashuvda Škoda Group qo‘shma korxona orqali O‘zbekiston bozoriga kirish bo‘yicha strategik rejasini taqdim etdi. Rejalarga ko‘ra, qo‘shma korxona faoliyati uchta asosiy yo‘nalishga qaratiladi:
- temir yo‘l transportini mahalliy yig‘ish;
- transport vositalarining butun hayotiy sikli davomida texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash;
- mahalliy ta’lim va kasbiy rivojlanish uchun Škoda akademiyasini tashkil etish.
«Uch yo‘nalishning har biri Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi yangi bitim hamda «Yevropa global darvozasi» strategiyasini amalga oshirish yo‘lidagi aniq qadamdir. Biz O‘zbekistonga yevropalik ishbilarmon hamkorlarning yangi investitsiyalari uchun ochilayotgan mamlakat sifatida qaraymiz. U uzoq vaqtdan beri bizning strategik ambitsiyalarimiz kontekstida e’tiborimiz markazida bo‘lib kelmoqda. Shuning uchun biz mahalliy bozorda barqaror transport, ta’lim va texnologik modernizatsiyani rivojlantirishga hissa qo‘shish imkoniyatini qizg‘in olqishlaymiz», dedi Petr Novotni.
Xabarga ko‘ra, uchrashuv davomida O‘zbekiston transport vaziri Ilhom Mahkamov Škoda Group konserni vakillari bilan ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazdi. Temir yo‘l va shahar transporti sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar muhokama qilindi.
Ta’kidlanishicha, Shavkat Mirziyoyev Škoda Group konsernining O‘zbekiston transport sohasini rivojlantirishga, xususan, Yevropa texnologiyalari va tajribasini transfer qilishga qo‘shayotgan hissasini yuksak baholadi. Shuningdek, u Škoda Group konsernining O‘zbekiston bozorida uzoq muddatli ishtirokini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.
Mavzuga oid
21:08 / 20.11.2025
Chexiyada qiyin vaziyatga tushib qolgan O‘zbekiston fuqarosi vatanga qaytarildi
16:36 / 08.11.2025
Chexiyada yangi spiker parlament binosidan Ukraina bayrog‘ini olib tashladi
08:46 / 04.11.2025
Chexiyada o‘ng populistlar koalitsiya tuzilganini e’lon qildi
14:54 / 29.10.2025