Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Xitoy OTM qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yadi
Guanchjou shahrida O‘zbekiston va Xitoyning bir qator oliy ta’lim muassasalari vakillari uchrashib, qo‘shma ta’lim dasturlari, dual diplom loyihalari va akademik mobillik yo‘nalishlarini ishga tushirish yuzasidan amaliy kelishuvlarga erishdi.
Uchrashuvda ikki mamlakat OTM o‘rtasida bakalavr va magistratura bosqichlarida qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish, dual diplom loyihalari mexanizmini ishlab chiqish hamda talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar o‘zaro tan olish, o‘quv dasturlarini uyg‘unlashtirish, stajirovkalar va qo‘shma seminar-treninglar taqvimini shakllantirish bo‘yicha kelishib oldi.
Shuningdek, ilmiy-tadqiqot hamkorligi, laboratoriya bazalaridan qo‘shma foydalanish, startap va innovatsion guruhlarni qo‘llab-quvvatlash kabi yo‘nalishlarda hamkorlikni institutsional darajada mustahkamlash nazarda tutildi.
Axborot-texnologik yechimlardan samarali foydalanish va raqamli ta’lim platformalarini joriy etish ham ustuvor vazifalardan biri sifatida qayd etildi.
Mavzuga oid
08:55
Xitoy eng uzun temiryo‘l ko‘priklari bo‘yicha dunyoda yetakchilik qilmoqda
10:55 / 17.07.2026
Tramp: Xitoy 2020 yilgi AQSh saylovlariga aralashgan
09:25 / 17.07.2026
Quyosh panellari va qo‘ylar Xitoyda cho‘lni qayta tiriltirdi
22:31 / 16.07.2026