O‘zbekiston | 22:54 / 02.11.2025
2723
1 daqiqa o‘qiladi

Tadbirkorlarga noqonuniy jarima qo‘llagan mansabdorlar javobgarlikka tortilishi mumkin

Biznes-ombudsman tomonidan “O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish haqidagi” qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.

Foto: Getty images

Qayd etilishicha, tadbirkorlik faoliyatida ayrim davlat organlari tomonidan asossiz ravishda jarimalar qo‘llanishi amaliyoti kuzatilmoqda.

“Bunday holatlar tadbirkorning moliyaviy barqarorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, uning huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzilishiga hamda sud organlari tomonidan jarimalar asossiz qo‘llanilganligi o‘z tasdig‘ini topgan taqdirda ham, mansabdor shaxsning javobgarlikka tortilmasligi amalda jazosizlikka olib kelmoqda”, hujjatda.

Shu bois Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksni yangi 241 prim 11-modda (Tadbirkorlik sub’yektlariga asossiz jarima solish) bilan to‘ldirish taklif etilgan.

Taklif etilayotgan normaga ko‘ra, agar mansabdor shaxs tomonidan tadbirkorga solingan moliyaviy jarimani sud noqonuniy deb topsa, mansabdor shaxsga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravaridan 40 baravarigacha (8,24 mln so‘mdan 16,48 mln so‘mgacha) jarima solinishiga sabab bo‘ladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid