Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Boysundagi kondan yana gaz sizib chiqqani yuzasidan rasmiy izoh berildi
Energetika vazirligi xabar berishicha, Boysundagi «M-25» konidagi 202-quduqdan chiqayotgan gaz o‘chib qolgach, atrof-muhitga zarar yetkazmasligi uchun qayta yoqilgan.
Foto: Videodan kadr
Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyati Boysun tumanidagi «Mustaqillikning 25 yilligi» konidan gaz sizib chiqayotgani aks etgan videolar tarqaldi. Energetika vazirligi matbuot xizmati vaziyat barqaror ekanini ma’lum qildi.
2 noyabr kuni Boysun tumanidagi «M-25» konining 202-son gaz qudug‘ida avvaldan yoqib qo‘yilgan olovning vaqtincha so‘nish holati kuzatilgan. Mutaxassislar ta’kidlashicha, bu holat kondagi geologik jarayon natijasida yuz bergan.
Shundan so‘ng havoga zararli moddalar tarqalishining oldini olish maqsadida gaz tezkor ravishda yana yoqib qo‘yilgan.
Qayd etilishicha, ushbu jarayon atrof-muhit ifloslanishining oldini olishda standart yondashuv hisoblanadi va xalqaro sanoat xavfsizligi talablariga to‘la javob beradi.
«Hozirgi vaqtda vaziyat barqaror va mutaxassislar nazorati ostida turibdi. Shuni alohida takidlash kerakki, bu avvaldan konni jilovlash ishlarini olib borish jarayonidagi holat bo‘lib, u yerda hech qanday kutilmagan vaziyatlar kuzatilmagan», – deyiladi vazirlik xabarida.
Vazirlik mazkur holat 3 noyabrga o‘tar kechasi, soat 01:29 da qayd etilgan zilzila bilan bog‘liq emasligini ta’kidlagan.
Mavzuga oid
19:36 / 16.01.2026
Sovuq kunlarda elektr va gaz ta’minotida cheklovlar bo‘lishi mumkin – vazirlik
22:41 / 07.01.2026
«Metan zapravkalar» faoliyatiga 8 yanvardan yana cheklovlar joriy qilindi
19:21 / 05.01.2026
Boysundagi kondan nafaqat gaz, balki neft ham yer yuzasiga chiqmoqda
12:10 / 05.01.2026