Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Washington Post: Tramp G‘azoda otashkesim va tiklash jarayonida Turkiya markaziy rol o‘ynashini istaydi
HAMAS bilan aloqalarini qo‘llagan holda Turkiya G‘azoda otashkesimga erishishga katta hissa qo‘shdi, deb yozadi nashr. Shu bois Turkiya mintaqani tiklash va xavfsizlikni ta’minlashda faol ishtirok etishi mumkin.
Foto: Khaled Omar / XinHua / Global Look Press
Isroilning e’tirozlariga qaramay, AQSh prezidenti Donald Tramp Turkiya G‘azoda otashkesim va undan keyingi tiklash jarayonida markaziy rol o‘ynashi mumkin, deb hisoblaydi.
The Washington Post gazetasida «Tramp Turkiya G‘azoda tinchlikka erishishda markaziy rol o‘ynaydi, deb hisoblaydi, ammo Isroil bunga qarshi» sarlavhali maqolada Yaqin Sharqdagi jarayonlarga oid voqealar ko‘rib chiqilgan.
Tashqi siyosat bo‘yicha mutaxassislar fikrlari ham keltirilgan maqolaga ko‘ra, AQSh prezidenti Tramp Anqara G‘azoda otashkesim va tiklash jarayonida markaziy rol o‘ynashini istaydi.
Maqola muallifiga ko‘ra, Turkiya HAMAS bilan bo‘lgan aloqalaridan foydalanib, G‘azoda otashkesimga erishishga katta hissa qo‘shgan va u mintaqani tiklash hamda xavfsizlikni ta’minlashga faol ko‘maklasha oladi.
Materialda Tramp turli bayonotlarida ushbu masalani tilga olgani, biroq Isroil Anqaraning G‘azodagi ehtimoliy roliga ochiqchasiga e’tiroz bildirgani qayd etilgan.
Yaqin Sharqda Turkiyaning «ta’siri kuchayishini» istamaydigan Isroil Trampga nisbatan e’tirozlarini ham shu sabab Anqara—HAMAS munosabatlaridan noroziligi orqali ifoda etmoqda.
Turkiya G‘azoda otashkesim jarayonini nazorat qilish mexanizmi sifatida tuzilayotgan xalqaro barqarorlashtirish kuchlariga qo‘shilishga tayyor ekani, Tramp ma’muriyati esa bu tashabbusni ochiq qo‘llab-quvvatlayotgani aytiladi. Shu mavzu yuzasidan AQSh vitse-prezidenti J.D.Vensning bayonotlari ham keltirilgan.
Washington Post’ning tahliliy maqolasida Turkiyadagi vaziyatni yaqin kuzatib borayotgan ayrim tahlilchilar fikrlari ham berilgan. Ularning ta’kidlashicha, Turkiyaning G‘azodagi jarayonda faol ishtirok etishi Anqara—Vashington munosabatlarini mustahkamlaydi va Turkiyaga diplomatik maydonda yanada ta’sirchan o‘yinchiga aylanish imkonini beradi.
Mavzuga oid
16:58 / 04.12.2025
G‘azo vayronalari orasida 54 juftlik uchun ommaviy to‘y o‘tkazildi – fotolar
08:52 / 04.12.2025
Tramp: Putin kelishuv tuzishni va «normal hayotga qaytishni» istayapti
15:57 / 03.12.2025
Maduroning imkoniyatlari tugadi. Uning Tramp bilan telefon muloqoti haqida nimalar ma’lum?
21:10 / 02.12.2025