Jahon | 16:42 / 05.11.2025
4301
1 daqiqa o‘qiladi

Buyuk Britaniyaning eng boy tadbirkori Gopi Hinduja vafot etdi

Uning oilasining boyligi Hinduja Group kompaniyasining bank sektori, ko‘chmas mulk, neft, ko‘ngilochar va transportga kiritgan sarmoyasi hisobiga 35,3 milliard funt sterlingni tashkil etadi.

Foto: Getty images

Tadbirkor Gopichand Hinduja uzoq davom etgan xastalikdan so‘ng 85 yoshida vafot etdi, deb yozdi Financial Times manbalarga tayanib.

Kelib chiqishi hindistonlik bo‘lgan Gopi Hinduja The Sunday Times nashri talqiniga ko‘ra, Buyuk Britaniyaning eng boy odami hisoblanadi.

Uning oilasining boyligi Hinduja Group kompaniyasining bank sektori, ko‘chmas mulk, neft, ko‘ngilochar va transportga kiritgan sarmoyasi hisobiga 35,3 milliard funt sterlingni tashkil etadi.

Gopi Hinduja 1959 yilda Hindiston va Eronda tashkil etilgan oilaviy biznesiga qo‘shildi. U kamtarona savdo kompaniyasini yirik konglomeratga aylantirishga yordam berdi, deb yozdi FT.

Hinduja va uning akasi Srichand 1980-yillarda Londonga ko‘chib o‘tdi va u yerda Hinduja Group kompaniyasiga rahbarlik qildi. Srichand 2023 yilda vafot etdi.

 

 

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid