Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Vashingtonga yetib bordi: S5+1 sammiti va AQSh prezidenti bilan uchrashuv rejalashtirilgan
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 4 noyabr kuni AQSh prezidenti Donald Trampning taklifiga binoan amaliy tashrif bilan Vashingtonga keldi. Asosiy tadbirlar 5–6 noyabr kunlari bo‘lib o‘tadi: ikki tomonlama uchrashuvlar va S5+1 formatidagi sammitda ishtirok nazarda tutilgan.
Foto: Prezident matbuot xizmati
“Endryus” aviabazasida davlat rahbarini AQSh davlat kotibining o‘rinbosari Kristofer Landau, AQSh–O‘zbekiston savdo palatasi raisi Kerolin Lemm va boshqa rasmiylar kutib oldi.

Tashrif dasturiga quyidagilar kiritilgan:
- 5–6 noyabr: AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uchrashuv;
- “S5+1” sammiti: Markaziy Osiyo mamlakatlari va AQSh yetakchilari ishtirokidagi yig‘ilish;
- Kongress va hukumat vakillari bilan muzokaralar;
- AQShning yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan alohida uchrashuvlar;
- ishbilarmon doiralar ishtirokidagi davra suhbati.
Tashrif doirasida savdo-iqtisodiy hamkorlik, investitsiya loyihalari, transport-logistika va texnologiyalar sohasida qo‘shma tashabbuslarni ilgari surish masalalari muhokama qilinishi kutilmoqda.





Mavzuga oid
22:28 / 13.05.2026
AQShda Trampning oltin telefonlarini yetkazib berish boshlanadi
21:32 / 13.05.2026
Xitoy sanksiyalarni chetlab o‘tish uchun AQSh davlat kotibining ismini «o‘zgartirdi»
12:57 / 13.05.2026
Tramp amerikaliklarning iqtisodiy qiyinchiliklari uni Eron bilan kelishuvga undamasligini aytdi
10:52 / 13.05.2026