Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
To‘qqiz davlat firibgarlarga qarshi keng ko‘lamli amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro amaliyot doirasida huquqni muhofaza qiluvchi organlar uch qit’ada firibgarlik va pul yuvish ishlari bo‘yicha qidiruv-tintuv tadbirlarini o‘tkazdi. Jinoyatchilar 193 davlat fuqarolarining bank kartalari ma’lumotlaridan foydalangan.
Foto: Björn Trotzki/IMAGO
Xalqaro amaliyot chog‘ida huquqni muhofaza qiluvchi organlar Yevropa, Osiyo va Shimoliy Amerikadagi qator mamlakatlarda moliyaviy firibgarlik va pul yuvish bilan shug‘ullangan, deb gumon qilinayotgan shaxslar manzillarida tentuvlar o‘tkazdi. Bu haqda 4 noyabr kuni Germaniyaning Federal jinoyat ishlari bo‘yicha idorasi (BKA) xabar berdi.
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, gumonlanuvchilar 193 davlatdan jabrlanuvchilarning bank kartalari ma’lumotlaridan foydalangan. Jinoyatchilar soxta saytlar orqali onlayn xizmatlarga 19 milliondan ortiq obuna rasmiylashtirgani ham qo‘shimcha qilindi.
Shuningdek, firibgarlar Germaniyadagi to‘rtta yirik to‘lov servisiga noqonuniy kirib, ular orqali to‘lovlarni amalga oshirgan, degan gumon bor.
Tintuvlar Germaniya, Italiya, Kanada, Lyuksemburg, Niderlandiya, Singapur, Ispaniya, AQSh va Kiprdagi ko‘plab obektlarda o‘tkazildi. BKA ma’lumoticha, bir necha kishi qo‘lga olingan.
Jinoyat politsiyasi idorasi amaldagi zarar bir necha yuz million yevroni tashkil qilishini qayd etdi.
Mavzuga oid
09:37 / 10.01.2026
Soxta akkaunt bilan pul undirgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
19:16 / 08.01.2026
Uchtepa tumani hokimligi xodimi 3 ming dollar bilan ushlandi
11:15 / 07.01.2026
Ijtimoiy tarmoqlarda “Musodara tovarlar” nomli soxta guruhlar tashkil etib, firibgarlik qilgan shaxslar ushlandi
20:50 / 06.01.2026