O‘zbekiston | 13:30 / 06.11.2025
12783
1 daqiqa o‘qiladi

Namangan, Samarqand, Urgut - aholi soni bo‘yicha birinchi uchlik

Milliy statistika qo‘mitasiga ko‘ra, 2025 yil 1 oktyabr holatiga O‘zbekistonning doimiy aholisi 38 069 116 kishini tashkil etdi. Aholisi eng ko‘p hududlar uchligi - Namangan shahri, Samarqand shahri va Urgut tumani.

Foto: youngcrafters.uz

Qo‘mita taqdim etgan ro‘yxatga binoan, aholisi eng ko‘p bo‘lgan top-10 tuman-shahar quyidagicha:

  • Namangan shahri — 724 911 kishi;
  • Samarqand shahri — 603 980 kishi;
  • Urgut tumani — 582 613 kishi;
  • Andijon shahri — 501 131 kishi;
  • Denov tumani — 438 066 kishi;
  • Olmazor tumani — 416 838 kishi;
  • Past Darg‘om tumani — 398 063 kishi;
  • Yunusobod tumani — 391 075 kishi;
  • Shayxontohur tumani — 372 674 kishi;
  • Asaka tumani — 366 746 kishi.

Kuzatishlar aholi soni yuqori hududlar orasida yirik shaharlar bilan bir qatorda ayrim tumanlar ham yuqori o‘rinlarni egallayotganini ko‘rsatadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid