Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy boylari BAAga ko‘chib ketishni ma’qul ko‘rishmoqda
Uzoq vaqt davomida Osiyoning boy insonlari uchun Singapur eng ommabop mamlakat bo‘lgan bo‘lsa, hozirda ushbu tendensiya o‘zgardi.
Xitoyning puldor fuqarolari Fors ko‘rfazi mamlakatlarida yashash yoki ofis ochishga urinishmoqda, deb yozmoqda Financial Times.
Gazetaning ta’kidlashicha, uzoq vaqt davomida Osiyoning boy insonlari uchun Singapur eng ommabop mamlakat bo‘lgan bo‘lsa, hozirda ushbu tendensiya o‘zgardi.
Nashr suhbatdoshlarining so‘zlariga ko‘ra, oxirgi yillarda Dubay yoki Abu-Dabiga ko‘chib o‘tishni istayotgan xitoyliklar soni oshgan. Bundan tashqari, Xitoy boylari fuqarolik olishni osonlashtirish imkonini beradigan oilaviy ofislar tashkil etishga harakat qilishmoqda.
BAA hukumatining ma’lum qilishicha, 2022 yilda xorij fuqarolariga qariyb 80 mingta “oltin viza” berilgan.
“Ko‘plab oilalar BAAga reinvestitsiya qilish uchun Singapurdagi mulklarini sotishdi”, — dedi BAAdagi M/HQ kompaniyasi boshqaruvchisi Yan Mrazek.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Xitoy va Singapurdagi qat’iy karantin choralari xitoyliklarning BAAga dastlabki qiziqishlariga sabab bo‘lgan.
Numbeo e’lon qilgan dunyoning eng xavfsiz mamlakatlari reytingida Birlashgan Arab Amirliklari 147 mamlakat orasida ikkinchi o‘rinda joylashgan. BAA shuningdek, ta’lim tizimi eng yaxshi 20 ta davlat qatoriga kiradi.
Mavzuga oid
20:57 / 02.07.2026
Pekindagi osmono‘par binoga urilgan samolyot uchuvchisi ruhiy kasal bo‘lgani aytildi
22:44 / 01.07.2026
BAA mulkiy tengsizlik darajasi bo‘yicha jahon reytingida birinchi o‘rinni egalladi
17:41 / 30.06.2026
Qoshg‘ar: O‘zbek mahallalarini eslatuvchi qadimiy shahar
18:38 / 26.06.2026