Qöy göşti qadimdan inson organizmini isituvçi, kuç va quvvat beruvçi mahsulot sifatida tavsiflanadi. Uning tarkibida temir, rux va B12 vitamini köpligi qon aylanişini yaxşilaydi, immun tizimini mustahkamlaydi. Bu göştning asosiy kamçiligi unda töyingan yoğlarning köpligidir. Yurak-qon tomir kasalliklari, yuqori xolesterin yoki ortiqça vazndan aziyat çekayotgan insonlarga qöy göştini me’yordan ortiq iste’mol qiliş tavsiya etilmaydi. Şuningdek, yoğli qöy göştining ba’zida hazm bölişi oğir keçadi, ayniqsa, keçki payt yeyilganda.
Mol göşti inson organizmi uçun eng muhim oziq moddalar – töliq qiymatli oqsil va osongina söriladigan temir manbai hisoblanadi. Aynan şu xususiyati sababli u organizmni energiya bilan ta’minlaş, miya faoliyatini qöllab-quvvatlaş, gormonlar va fermentlar işlab çiqilişida muhim rol öynaydi. Oqsil esa muşaklar, organlar va suyaklarning asosiy tarkibiy qismi bölib, immun tizimini mustahkamlaş hamda organizmni turli kasalliklardan himoya qilişda iştirok etadi.
Mol göşti, şuningdek, tsink va B guruhi vitaminlariga boy. Bundan taşqari, mol göşti tarkibidagi B12 va B6 vitaminlari qizil qon hujayralari hosil bölişi, yurak-qon tomir tizimi faoliyatini mustahkamlaş va insult xavfini kamaytirişda muhim rol öynaydi. Riboflavin, niatsin va tiamin kabi boşqa B-kompleks vitaminlari esa soğlom teri va körişni saqlaş, şuningdek, ovqatdan energiya ajratib oliş jarayoni samarali keçişini ta’minlaydi.
Qaysi vaqtda foydali?
Qöy göşti tarkibida yoğ miqdori yuqori: u tanani tezda isitadi va energiya beradi. Şu bois, mazkur göşt sovuq mavsumda foydaliroq hisoblanadi.
Qişda organizm issiqlik va kaloriya manbalariga köproq ehtiyoj sezadi, qöy göşti esa bu ehtiyojni qoplay oladi. Bunda uning foydali yoğlari, ya’ni kon’yugatsiyalangan linoleik kislota (CLA) tanada yoğ almaşinuvini me’yorda uşlab turadi, immunitetni












