Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonliklarga martda go‘sht va sut hamda energetika mahsulotlari qimmatlashgani eng ko‘p sezildi
Markaziy bank o‘tkazgan so‘rovlarda Toshkent shahrida yashovchilar oxirgi 12 oyda narx-navo 13,3 foizga oshganini aytgan bo‘lsa, qashqadaryoliklar 11,6 foizlik inflatsiyani sezganliklarini bildirgan. Namanganda sezilgan inflatsiya ko‘rsatkichi esa eng past – 10 foiz. Daromadlari 2 mlndan 4 mln so‘mgacha bo‘lgan aholi qatlami eng kam – 9,9 foizlik inflatsiyani sezgan bo‘lsa, 30 mln so‘mdan ko‘proq daromad topuvchilar narx-navo 16,4 foizdan ko‘proqqa oshdi deb hisoblayapti.
2026 yil mart oyida O‘zbekiston aholisi sezgan yillik inflatsiya darajasi fevral oyiga nisbatan 0,5 foiz bandga pasayib, 11,1 foizni tashkil etdi. Bu haqda Markaziy bank xabar berdi.

So‘rovnomada 3239 nafar respondent ishtirok etgan. Ular bergan javoblarga qaraganda, sezilgan inflatsiya Toshkent shahrida eng yuqori – 13,3 foizni, Qashqadaryo viloyatida 11,6 foizni, Sirdaryo viloyatida 11,5 foizni tashkil etgan.
Namanganliklar esa narx-navo oshishini hammadan ham kamroq sezgan – 10 foiz. Xorazm viloyatida yashovchilar 10,5 foiz, Qoraqalpog‘iston Respublikasi aholisi 10,6 foizlik inflatsiyani his etgan.

Mart oyida aholi tomonidan narxlarida yuqori o‘sish kuzatilgan asosiy tovar va xizmatlar quyidagilar: go‘sht va sut, benzin va yoqilg‘i, elektr va tabiiy gaz, meva va sabzavotlar, dorilar, shuningdek, yo‘lkira va tashish xizmatlari.
Daromadlari 2 mlndan 4 mln so‘mgacha bo‘lgan aholi qatlami eng kam – 9,9 foizlik inflatsiyani sezgan bo‘lsa, 30 mln so‘mdan ko‘proq daromad topuvchilar oxirgi 12 oyda narx-navo 16,4 foizdan ko‘proqqa oshdi deb hisoblayapti.

Mavzuga oid
10:10 / 12.06.2026
Kubaning energetika sohasi AQSh sanksiyalari nishoniga aylandi
09:10 / 07.06.2026
AES narxi ochiqlandi, yirik pudrat sxemasi fosh bo‘ldi - hafta dayjesti
21:21 / 03.06.2026
Shveytsariyada yer ostida dunyodagi eng katta batareya qurilmoqda: u quyosh va shamoldan quvvat oladi
10:32 / 03.06.2026