Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qosim-Jo‘mart To‘qayev O‘zbekistonga davlat tashrifi bilan keladi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev 14–16 noyabr kunlari mamlakatga davlat tashrifi bilan keladi. Tashrif doirasida oliy darajadagi muzokaralar, Oliy davlatlararo kengashning ikkinchi yig‘ilishi hamda ikki mamlakat o‘rtasida strategik sheriklikni yanada chuqurlashtirishga qaratilgan muhim hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev 14–16 noyabr kunlari davlat tashrifi bilan mamlakatga keladi.
Tashrif dasturiga muvofiq, oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar hamda O‘zbekiston va Qozog‘iston yetakchilari raisligida Oliy davlatlararo kengashning ikkinchi yig‘ilishi o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.
Kun tartibiga savdo, sanoat kooperatsiyasi, transport va logistika, energetika, qishloq xo‘jaligi, suv resurslaridan samarali foydalanish, shuningdek, madaniy-gumanitar loyihalar kabi ustuvor yo‘nalishlarda hamkorlikni chuqurlashtirish masalalari kiritilgan.
Shu bilan birga, mintaqaviy va global siyosatning dolzarb jihatlari, shu jumladan, ko‘p tomonlama formatlar doirasidagi o‘zaro hamkorlik yuzasidan ham fikr almashiladi.
Tashrif doirasida Xalqaro sanoat kooperatsiyasi markazi va qator qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, shuningdek, O‘zbekiston – Qozog‘iston strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlashga qaratilgan hujjatlar to‘plamini imzolash rejalashtirilgan.
Qozog‘iston prezidenti tashrif doirasida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining yettinchi Maslahat uchrashuvida ham ishtirok etadi.
Mavzuga oid
20:11 / 01.06.2026
Qozog‘istonda yangi «hokimiyat partiyasi» - «Adolat» rasman ro‘yxatga olindi
20:25 / 29.05.2026
O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha «yo‘l xaritasi» imzolandi
21:18 / 19.05.2026
To‘qayev Qozog‘istonni Oltin O‘rda vorisi deb e’lon qildi
13:37 / 17.05.2026