Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh «Antifa-Sharq» nemis tashkilotini terroristik deb e’lon qildi
«Antifa-Sharq» nemis birlashmasiga qo‘shimcha ravishda Italiya va Gretsiyadan yana uchta guruh ham AQSh Davlat departamenti bayonotiga ko‘ra terroristik tashkilotlar ro‘yxatiga kiritiladi.
Foto: AP
AQSh Davlat departamenti 13 noyabr kuni Yevropada faoliyat yuritayotgan to‘rtta «Antifa» harakatini terroristik tashkilotlar ro‘yxatiga kiritish niyati borligini ma’lum qildi. Ular orasida nemis «Antifa-Sharq»i (Antifa-OST) va shuningdek Italiya hamda Gretsiyadan yana uchta guruh bor. Qaror 20 noyabrdan kuchga kiradi.
AQSh Davlat departamenti bayonotida ta’kidlanishicha, «Antifa-Sharq» birlashmasi 2018 yildan 2023 yilgacha bo‘lgan davrda Germaniyada «fashist» yoki «o‘ng kuchlar vakillari» deb hisoblagan shaxslarga nisbatan «ko‘plab hujumlar» amalga oshirgan. Harakatdan, shuningdek, 2023 yil fevral oyi o‘rtalarida Budapeshtda amalga oshirilgan bir qator hujumlar uchun ham javobgar.
AQShning terroristik tashkilotlar ro‘yxatiga HAMAS, «Al-Qoida» va «Hizbulloh» kabi guruhlar kiradi. Bu tashkilotlar a’zolariga AQShga kirish taqiqlanadi, barcha aktivlari muzlatib qo‘yiladi, ular bilan har qanday biznes aloqasi jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi. Sentyabr oyida AQSh prezidenti Donald Tramp mamlakat ichida «Antifa» harakatini terroristik tashkilot deb tan olish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Bu qaror konservativ faol Charli Kirk o‘ldirilganidan 12 kun o‘tgach qabul qilindi.
Iyul oyida Germaniya Federal prokuraturasi Dyusseldorfda «Antifa-Sharq» guruhiga mansub, deb hisoblanayotgan olti nafar shaxsga 2023 yil fevral oyida Budapeshtda o‘ta o‘ng ekstremistlarga qilingan hujumlarda ishtirok etgani uchun ayblov qo‘ydi. Ularga jinoiy tashkilot a’zosi bo‘lganlik, tan jarohati yetkazish va odam o‘ldirishga suiqasd aybi ilgari surilgan.
«Antifa-Sharq»ning yana yetti nafar ishtirokchisi Drezden Oliy sudi oldida javob bermoqda, ularning ayrimlari ham odam o‘ldirishga suiqasdda ayblanmoqda, deb yozadi dpa agentligi. Guruhning yana bir ehtimoliy a’zosi — Mayya T. ustidan sud jarayoni Budapeshtda o‘tmoqda. U 24 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.
«Antifa» (antifashizm so‘zining qisqartmasi) — neonatsizm va irqchilikka qarshi kurash olib boruvchi harakatlar, tashkilotlar va alohida shaxslar uchun umumiy nomdir. «Antifa» siyosiy spektrning so‘l va o‘ta so‘l qanotiga mansub bo‘lib, butun dunyo bo‘ylab, eng faol tarzda esa Yevropa va Shimoliy Amerikada faoliyat yuritadi.
O‘zini shu harakat bilan bog‘laydigan ko‘plab guruhlar o‘ng ekstremizm va avtoritarizmga qarshi chiqadi va ularga nisbatan zo‘ravonlikka murojaat qilmasdan kurashish usullarini qo‘llaydi. Shu bilan birga, o‘z maqsadlariga erishish uchun turli shakllarda bevosita zo‘ravonlikka qo‘l uradigan qurolli guruhlar ham mavjud.
Mavzuga oid
09:40
NYT OAV uchun joriy etilgan cheklovlar sabab Pentagonni sudga berdi
09:00
NATO Shimoliy Yevropa mudofaasi bo‘yicha shtabni AQShga ko‘chiradi
08:40
Mers AQShga Rossiyaning muzlatilgan aktivlarini berishga qarshi chiqdi
07:38