Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonliklarning O‘zbekistonga tashriflari keskin ortdi
2025 yilning yanvar–sentabr oylarida qariyb 2 million nafar Qozog‘iston fuqarosi turistik maqsadlarda O‘zbekistonga tashrif buyurgan. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 857 ming nafarga yoki 76 foizga ko‘pdir.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilning yanvar–sentabr oylarida qariyb 2 million nafar Qozog‘iston fuqarolari turistik maqsadlarda O‘zbekistonga kelgan.
Ma’lumotga ko‘ra, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan qariyb 857 ming nafarga, ya’ni 76 foizga oshgan.
Qozog‘istonliklarning O‘zbekistonga kelish safar maqsadlari bo‘yicha quyidagicha taqsimlangan:
- qarindoshlarni yo‘qlash – 1 685 849 nafar;
- xizmat yuzasidan – 149 912 nafar;
- sayohat (dam olish) – 143 898 nafar;
- o‘qish – 91 nafar;
- tijorat – 455 nafar;
- davolanish – 6 063 nafar.
Shu davr ichida qariyb 1,1 million O‘zbekiston fuqarolari ham Qozog‘istonga safar qilgan. Ushbu raqam o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 338,5 ming nafarga yoki 47 foizga o‘sgani qayd etilgan.
Mavzuga oid
09:15 / 02.04.2026
Ta’lim xizmatlari O‘zbekistonda o‘sish sur’ati bo‘yicha yetakchi bo‘ldi
20:23 / 31.03.2026
Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri Yermek Kosherbayevni qabul qildi
09:40 / 31.03.2026
Rossiya va Qozog‘istondan O‘zbekistonga ko‘chib kelish ko‘paymoqda
09:23 / 26.03.2026