Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sankt-Peterburgda migrantlarga taksichi va kurer bo‘lib ishlashga qo‘yilgan taqiq uzaytiriladi
2025 yil oxirigacha joriy etilgan taqiq yana 2027 yilgacha uzaytirilishi mumkin.
Rossiyaning Sankt-Peterburg shahri ma’muriyati patent bo‘yicha ishlaydigan migrantlarga taksi va kurerlik xizmatlarida ishlashga qo‘yilgan taqiqni 2026 yilgacha uzaytirmoqchi. Gubernator Aleksandr Beglovning tegishli qarori loyihasi 13 noyabr kuni korrupsiyaga qarshi ekspertizaga yuborilgan, deb xabar berdi RIA.
Sankt-Peterburg Mehnat va bandlik qo‘mitasiga 2026 yil 1 avgustgacha gubernatorga taqiqni 2027 yilgacha uzaytirish maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida fikr bildirish topshirildi.
Migrantlar uchun taksida ishlashga taqiq iyul oyida, 2025 yil oxirigacha joriy etilgan edi. Shahar ma’muriyatiga ko‘ra, qaror «taksi sohasidagi xizmatlar sifati va xavfsizligini oshirish hamda Rossiya fuqarolarini ish bilan ta’minlash uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratishga qaratilgan».
To‘liq taqiq 8 noyabrdan kuchga kirdi. Bozor ishtirokchilarining baholashicha, cheklovlar shaharda haydovchilar sonining 12 foizga qisqarishiga olib kelgan.
Migrantlarga kurer bo‘lib ishlash taqiqlangani (avval faqat 2025 yil oxirigacha) 11 avgust kuni ma’lum bo‘ldi.
«Qaror yashirin bandlikka qarshi kurashish, kurerlik sohasida xizmatlar sifati va xavfsizligini oshirish, shuningdek, Rossiya fuqarolari, birinchi navbatda, yoshlar va talabalar uchun yangi ish o‘rinlarini yaratishga qaratilgan», deyiladi shahar ma’muriyati xabarida.
Mavzuga oid
09:32
Bokuda sakkiz nafar Rossiya fuqarosi qamoq jazosiga hukm qilindi
22:13 / 19.06.2026
Zelenskiy Lukashenkoga ultimatum qo‘ydi va uni bajarish uchun bir hafta muhlat berdi
17:32 / 19.06.2026
Turkiyada o‘ldirilgan o‘zbek ayollari: fojia qayerda boshlanyapti?
12:13 / 19.06.2026