Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Isroil Mudofaa vazirligi Falastin davlati bo‘lmasligini ma’lum qildi
Shuningdek, G‘azo oxirgi tunnelgacha demilitarizatsiya qilinishi va HAMAS harakati qurolsizlantirilishini aytdi.
Isroil mudofaa vaziri Israel Kats mamlakat G‘azo sektorining nazorat ostidagi hududlarida HAMAS jangarilarini qurolsizlantirish bilan mustaqil ravishda shug‘ullanishini ma’lum qildi. Qolgan hududlarda bu vazifani xalqaro kuchlar yoki Isroil armiyasi bajaradi. Siyosatchi X ijtimoiy tarmog‘ida tegishli bayonot bilan chiqdi.
Shuningdek, Kats Isroilning Falastin masalasidagi pozitsiyasini tasdiqlab, mamlakat Falastin davlatining tashkil etilishiga yo‘l qo‘ymasligini aytdi.
«Isroil siyosati aniq: Falastin davlati tashkil etilmaydi. G‘azo oxirgi tunnelgacha demilitarizatsiya qilinadi va HAMAS harakati qurolsizlantiriladi», deb yozdi mudofaa vaziri.
10 oktyabrdan boshlab G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risidagi bitim amal qilmoqda. HAMAS va Isroil tinchlik shartnomasini imzolaganidan keyin muntazam ravishda garovga olinganlarning jasadlarini almashmoqda.
Ayni paytda 150 dan ortiq davlat Falastin mustaqilligini tan olgan. Sentabr oyida bu ro‘yxatga Fransiya, Buyuk Britaniya, Kanada, Portugaliya va Avstraliya qo‘shildi.
Mavzuga oid
16:47 / 02.06.2026
«Sening toming ketgan» – Tramp Livanga hujum tufayli Netanyahuni qattiq koyidi
12:39 / 30.05.2026
Isroil va Rossiya kuchlari mojaro zonalaridagi jinsiy zo‘ravonlik uchun BMT qora ro‘yxatiga kiritildi
12:25 / 29.05.2026
Netanyahu harbiylarga G‘azodagi nazoratni 70 foizgacha kengaytirishni buyurdi
20:01 / 27.05.2026