Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonning 11 shahrida havo ifloslanishi kutilmoqda
17 noyabr kuni noqulay meteorologik sharoitlar tufayli atmosfera havosining yerga yaqin qatlamida zararli (ifloslantiruvchi) moddalarning to‘planishi yuz berishi mumkin.
Foto: AP
17 noyabr kuni Qozog‘istonning Olmaota, Ostona, Atirau, Oqto‘be, Chimkent, Qarag‘anda, Jyezqazg‘an, Temirtau, Balxash, Ust-Kamenogorsk va Ridder shaharlarida noqulay ob-havo sharoiti kutilmoqda.
Noqulay meteorologik sharoitlar qisqa muddatli meteorologik omillar (shtil, kuchsiz shamol, tuman, inversiya) yig‘indisi bo‘lib, atmosfera havosining yerga yaqin qatlamida zararli (ifloslantiruvchi) moddalarning to‘planishiga olib keladi.
Noqulay meteorologik sharoitlarda aholiga ochiq havoda, ayniqsa avtotrassalar yoki boshqa ifloslantiruvchi manbalar yaqinida bo‘lish vaqtini qisqartirish tavsiya etiladi. Surunkali o‘pka, yurak-qon tomir, allergik kasalliklarga chalingan bemorlar esa ochiq havoda bo‘lganida yonida kerakli dori-darmonlarni olib yurishi kerak.
Mavzuga oid
19:52 / 21.04.2026
Shavkat Mirziyoyevning Qozog‘istonga amaliy tashrifi boshlandi
18:52 / 21.04.2026
Rossiya Qozog‘iston neftini Yevropaga yetkazib berishni to‘xtatadi
21:45 / 20.04.2026
Shavkat Mirziyoyev 21-22 aprel kunlari amaliy tashrif bilan Qozog‘istonda bo‘ladi
09:15 / 17.04.2026