Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
To‘qayev Shavkat Mirziyoyevga minnatdorchilik maktubi yo‘lladi
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev 14–16 noyabr kunlari Qozog‘iston delegatsiyasining O‘zbekistonga davlat tashrifi davomida ko‘rsatilgan iliq mehmondo‘stlik uchun prezident Shavkat Mirziyoyevga samimiy minnatdorligini izhor etgan holda maktub yo‘lladi.
Maktubda ushbu tashrif Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilikni mustahkamlashga kuchli turtki berib, tarixiy ahamiyatga ega ekani ta’kidlangan.
Prezident, shuningdek, Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining yettinchi maslahat uchrashuvi yuqori darajada tashkil etilganini alohida qayd etdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, mintaqaviy hamkorlikning butun yo‘nalishlarini qamrab olgan mazmunli muhokamalar, qabul qilingan muhim qaror va hujjatlar, shuningdek, Ozarboyjonning to‘la huquqli ishtirokchi sifatida qo‘shilishi mazkur forumga strategik ahamiyatga ega voqea maqomini berdi.
Mavzuga oid
17:54 / 07.07.2026
Qozog‘iston Konstitutsiyaviy sudi To‘qayevga yana prezidentlikka nomzodini qo‘yishga ruxsat berdi
22:06 / 30.06.2026
To‘qayev Qozog‘istondagi hokimiyatda keng ko‘lamli o‘zgarishlarni e’lon qildi
20:26 / 25.06.2026
To‘qayev internetdagi ko‘zbo‘yamachilik va «oson pul» madaniyatini qoraladi
19:57 / 24.06.2026