Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiyadagi yong‘in 170 ta uyni vayron qildi va ommaviy evakuatsiyaga sabab bo‘ldi
Oita shahridagi yong‘in kuchli shamol paytida baliq ovlash porti hududida sodir bo‘lgan va tezda yaqin atrofdagi o‘rmonga tarqalgan.
19 noyabr kuni Yaponiyaning Oita shahrida juda katta ko‘lamli yong‘in aholi yashash hududini qamrab oldi.
Tez tarqalgan yong‘in kamida 170 ta uyga zarar yetkazdi va yuzlab odamlarni evakuatsiya qilinishiga sabab bo‘ldi, deb xabar berdi Euronews.
Yong‘in bir kun oldin kechqurun kuchli shamol paytida baliq ovlash porti hududida sodir bo‘lgan va tezda yaqin atrofdagi o‘rmonga tarqalgan.
O‘t o‘chiruvchilar olovni o‘chirish uchun tun bo‘yi ishladi, favqulodda yordam punktlari evakuatsiya qilingan aholini qabul qildi.
Yaponiya favqulodda vaziyatlar va yong‘in xavfsizligi agentligining ma’lum qilishicha, taxminan 70 yoshlardagi erkak bedarak yo‘qolgan, uni qidirish ishlari davom etmoqda.
Mavzuga oid
13:40 / 19.06.2026
O‘zboshimchalik bilan saqlangan solyarka portlagan – Yozyovondan reportaj
10:25 / 17.06.2026
Farg‘onada yong‘in oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi
18:57 / 15.06.2026
Yaponiya O‘zbekistonda energiya samaradorligini oshirish uchun 230 mln dollar kredit ajratadi
10:59 / 13.06.2026