Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Trampning «maxfiy rejasi»: AQSh Ukraina kapitulyatsiyasini xohlayaptimi?
Shu kunlarda Ukrainadagi urushni tugatish bo‘yicha AQShning «tinchlik rejasi» faol muhokama qilinmoqda. OAVda sizib chiqayotgan xabarlarga qaraganda bu Vashingtonning emas, Moskvaning rejasiga o‘xshaydi. Chunki unda amalda Ukraina kapitulyatsiyasi ko‘zda tutilgan.
Uitkoff va Dmitriyev rejasi
Demak, urushni tugatish bo‘yicha bu galgi reja muallifi, diqqat qiling, Stiven Uitkoff! Ha, Putin bilan uchrashuvga tarjimonsiz borib uni tushunmay qaytib kelgan, Trampning milliarder do‘sti. Tramp Putin bilan olti marta gaplashib ham uning nima demoqchi ekanini tushunmagan jo‘rasiga yana bir bor imkon bergan ko‘rinadi. Rejaning Rossiya tomondagi hammuallifi Kiyevda tug‘ilgan, hozir Putin ma’muriyatida «muhim odam sifatida» ko‘rinishga urinayotgan Kirill Dmitriyev.
Aytgancha, Uitkoffning «sa’y-harakatlari bilan» bu rejaning maxfiyligi ham qolmadi. Yirik nashrlar AQSh va Rossiya Ukraina taqdirini hal qilish ustida maxfiy ish olib borgani haqida yozib chiqa boshladi. 68 yoshli Uitkoff esa Twitter’da yana «qovun tushirdi»: bir foydalanuvchining gapiga javob berib «Ular bu ma’lumotlarni K.dan olgan bo‘lishi kerak», deb yozdi. K. deb tabiiyki Kirill Dmitriyevni nazarda tutdi. Ko‘p o‘tmay Uitkoff postini o‘chirib yubordi. Aftidan Trampning quruvchi do‘sti kimgadir sms yozyapman deb o‘ylagan, qarasa Twitter’da post yozib yuborgan, qarilik qursin.
Kapitulyatsiya talabi
Xullas allaqachon yirik OAVlarda chiqib ketgan «reja»ga ko‘ra, Ukraina Rossiya urush boshidan buyon talab qilayotgan barcha shartlarni bajarishi, xususan, Donbassni to‘liq Rossiyaga topshirishi, armiyasini xuddi Putin talab qilganday qisqartirishi, xuddi Putin istaganiday ma’lum qurollardan voz kechishi, xuddi Putin istaganday rus tilini davlat tili qilishi kerak ekan. Lekin Rossiya, Trampning rejasiga ko‘ra, hech qanday chekinishga bormaskan, faqat Ukraina yon berishi kerak ekan. Janoblar, bu Kremlning «tinchlik rejasi»mi yoki Oq uyning?
Rossiya muvaffaqiyati fonida
Bu «reja» haqida gap ikki muhim voqea fonida ro‘y berdi: Rossiyaning frontdagi muvaffaqiyatli yurishi va Ukrainadagi korrupsion mojaro fonida. Rossiya Ukraina sharqini asta-sekin egallayotgani bir vaqtda tabiiyki shart qo‘ya boshlaydi. AQSh Ukrainani hatto eshitmayotgani esa katta ehtimol Kiyevda yirik korrupsion mojaro avj olgani bilan bog‘liq.
O‘tkir Jalolxonov tayyorladi
Tasvirchi va montaj ustasi — Faxriddin Hotamov
Mavzuga oid
09:40
NYT OAV uchun joriy etilgan cheklovlar sabab Pentagonni sudga berdi
09:21
OAV: London Ukrainaga RFning 9 mlrd yevrolik aktivlarini topshirishga tayyor
09:00
NATO Shimoliy Yevropa mudofaasi bo‘yicha shtabni AQShga ko‘chiradi
08:40