Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevroittifoq AQShning Ukraina bo‘yicha rejasiga qarshi chiqdi – Reuters
Avvalroq Axios portali Vashington Yevropadagi ittifoqdoshlari va Kiyev bilan Ukraina mojarosini hal qilish bo‘yicha Amerika tomoni ishlab chiqayotgan yangi rejani muhoka qilishni boshlagani haqida xabar bergandi.
Yevroittifoq mamlakatlari Ukraina mojarosini hal qilish bo‘yicha AQSh ilgari surayotgan rejaga qarshi chiqdi, deb xabar berdi Reuters agentligi o‘z manbalariga tayanib.
Manbalarning bildirishicha, rejada hududiy yon berishlarva Ukrainaning qisman qurolsizlanishi ko‘zda tutilgan. Bryusselda yig‘ilgan YeI tashqi ishlar vazirlari AQShning rejasiga batafsil izoh bermagan, lekin Kiyevni majburlaydigan yon berishlarni qabul qilmasliklarini bildirgan.
Agentlikning qayd etishicha, AQSh diplomatiyasining faollashuvi korrupsion mojaro bois Kiyev noqulay ahvolda qolgan vaqtga to‘g‘ri kelgan.
18 noyabr kuni Axios portali Vashington Yevropadagi ittifoqdoshlari va Kiyev bilan Ukraina mojarosini hal qilish bo‘yicha Amerika tomoni ishlab chiqayotgan yangi rejani muhoka qilishni boshlagani haqida xabar bergandi.
Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov Ukraina mojarosini hal qilish masalasida Putin va Trampning Alyaskada erishgan kelishuvlaridan tashqari hech qanday qo‘shimchalar yo‘qligini bildirdi.
Mavzuga oid
09:02
Netanyahu Trampga bosim o‘tkazishi mumkin - AQSh razvedkasi
22:39 / 19.06.2026
Tushunarsiz kelishuv: Tehron uni «Amerika ustidan g‘alaba» deb talqin qilmoqda
22:13 / 19.06.2026
Zelenskiy Lukashenkoga ultimatum qo‘ydi va uni bajarish uchun bir hafta muhlat berdi
21:38 / 19.06.2026