Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tojik-afg‘on chegarasidagi qurolli hujumda uch nafar xitoylik halok bo‘ldi
Xitoy Tojikistonni tergov o‘tkazishga chaqirdi.
Foto: David Trilling
Tojikistonning Afg‘oniston bilan chegarasida uyushtirilgan qurolli hujum oqibatida uch nafar Xitoy fuqarosi halok bo‘ldi, deb xabar qildi Xitoyning Tojikistondagi elchixonasiga tayanib Reuters.
26 noyabr kuni Afg‘onistonning janubi-g‘arbiy Xatlon provinsiyasidagi hujum oqibatida bir nafar Xitoy fuqarosi ham jabrlandi, deb qo‘shimcha qildi elchixona fuqarolarni chegara hududini tark etishga chaqirib.
Hujjatda aybdorlar nomi keltirilmagan, biroq Xitoy Tojikistonni tergov o‘tkazishga chaqirgani aytilmoqda.
Tojikiston Tashqi ishlar vazirligining bayonotida aytilishicha, halok bo‘lganlarning uchalasi ham chegaraga yaqin joyda ishlayotgan «Shaxin SM» MChJ kompaniyasi xodimlari bo‘lgan.
Hujjatda, shuningdek, hujum Afg‘oniston hududidan granatalar bilan jihozlangan dronlardan foydalangan holda amalga oshirilgani aytiladi.
Afg‘oniston TIV bayonotida aytilishicha: «Bu voqeaga mintaqada tartibsizlik, beqarorlik va ishonchsizlikni keltirib chiqarishga intilayotgan guruh aloqador», biroq guruh nomiga aniqlik kiritilmagan.
Kobul ma’muriyati dastlabki baholashni o‘tkazdi va Tojikiston bilan to‘liq hamkorlik qiladi, deb qo‘shimcha qildi idora.
Mavzuga oid
21:23 / 04.12.2025
Afg‘onistonda 13 yoshli bola qarindoshlarining qotilini 80 000 tomoshabin oldida qatl qildi
18:54 / 04.12.2025
Sirdaryo viloyatida Xitoy bilan hamkorlikda avtomobil ishlab chiqariladi
17:37 / 04.12.2025
Sirdaryodagi 9 ta tuman-shahar hokimlari Xitoyga yo‘l oladi
11:22 / 04.12.2025