Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda ekologik talablarni bajarmagan quruvchi tashkilotlar javobgarlikka tortildi
Qurilish inspeksiyasi xabariga ko‘ra, qoidabuzarliklar bo‘yicha 35 ta majburiy ko‘rsatma berilgan, 24 ta obektga suv purkagich uskunalari o‘rnatilgan, 47 ta obektga avtotransport vositalarini yuvish maydonchalari barpo etilgan. Shuningdek, 60 ga yaqin quruvchi tashkilot vakili ma’muriy javobgarlikka tortilgan.
Foto: Qurilish inspeksiyasi
Toshkent shahri Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi hamda qator mas’ul tashkilotlar tomonidan qurilish obektlarida kuchaytirilgan tartibda «Qurilishda xavfsizlik texnikasi» shaharsozlik me’yor va qoidalariga muvofiq ishlar amalga oshirilayotgani yuzasidan nazorat tadbirlari olib borilmoqda.
Qurilish inspeksiyasi xabariga ko‘ra, nazorat tadbirlari Toshkent shahrida ekologik vaziyatni yaxshilash, shuningdek, qurilish jarayonida sanitariya-gigiyena talablariga qat’iy rioya etilishini ta’minlashga qaratilgan.

Jarayon davomida har bir obektning amaldagi holati o‘rganilib, quyidagi jihatlarga alohida e’tibor qaratilgan:
- qurilish maydonida changlanishni kamaytirish maqsadida suv purkovchi uskunalarning o‘rnatilgani va muntazam ishga tushirilishi;
- obektga kirish-chiqish yo‘laklarida maxsus yuvish maydonchalari vositalari mavjudligi;
- yuk va yengil transport vositalarining hududdan tozalangan holda chiqib ketishi ta’minlangani;
- yer maydonlarida changlanish xavfini kamaytirishga qaratilgan qo‘shimcha profilaktik tadbirlarning joriy etilgani.
O‘rganish davomida 53 ta obektida chang va qum zarrachalarining havoga ko‘tarilishini oldini olishga doir talablar buzilgani, 47 ta holatda qurilish maydonining 25 foizi ko‘kalamzorlashtirilmagani aniqlangan.
Qoidabuzarliklar bo‘yicha 35 ta majburiy ko‘rsatma berilgan, 24 ta obektga suv purkagich uskunalari o‘rnatilgan, 47 ta obektga avtotransport vositalarini yuvish maydonchalari barpo etilgan. Shuningdek, 60 ga yaqin quruvchi tashkilot vakili ma’muriy javobgarlikka tortilgan.
Mavzuga oid
08:41
Toshkentda 115-sonli avtobus yo‘nalishi yangilandi
17:31 / 04.12.2025
Past Darg‘omda cho‘chqaxona egalari havoni ifloslab kelgani aniqlandi
09:34 / 04.12.2025
Toshkentda yo‘llarni ifloslagan yuk mashinalari bo‘yicha reydlar kuchaytirildi
22:57 / 03.12.2025