Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya zarurat paydo bo‘lsa, Yevropa bilan urushga tayyor – Putin
Rossiya prezidenti Vladimir Putin «Rossiya zovyot!» investitsiya forumida nutq so‘zladi va Ukrainadagi urush, Yevropaning tinchlik kelishuviga to‘sqinligi, Ukrainaning Qora dengizdagi tankerlarga hujumi, shu tufayli Ukrainani Qora dengizdan uzib qo‘yish haqida gapirdi.
Foto: TASS
Rossiya Yevropa bilan urushmoqchi emas, ammo agar urush boshlasa, Moskva «hozirning o‘zida bunga tayyor», dedi Rossiya prezidenti Vladimir Putin «Rossiya zovyot!» investitsiya forumida. Uning so‘zlaridan RBK iqtibos keltirdi.
Uning ta’kidlashicha, Yevropa AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyatiga Ukrainadagi mojaroni tinch yo‘l bilan hal qilishga to‘sqinlik qilmoqda. Bryussel tinchlik rejasi bo‘yicha Rossiya uchun «nomaqbul takliflarni ilgari surmoqda». Shu bilan birga, uning qo‘shimcha qilishicha, Yevropaning o‘zi muzokaralardan o‘zini chetga olgan.
«[Yevropa] Rossiyaga strategik mag‘lubiyat yetkazish tezisini o‘ziga qurol qilib oldi va hozirgacha bu illyuziyalar bilan yashamoqda <...> Ularda [Ukraina bo‘yicha] tinchlikka erishish kun tartibida yo‘q. Ular urush tomonida», dedi Putin.
Agar Ukraina Qora dengizdagi tankerlarga hujumni davom ettirsa, Rossiya Ukrainaga yordam berayotgan davlatlarning kemalariga qarshi «javob choralari» ko‘rishi mumkin, dedi Vladimir Putin.
«Agar tankerlarga hujumlar davom etsa, biz Ukrainaga yordam berayotgan mamlakatlar kemalariga nisbatan javob choralarini ko‘rish imkoniyatini o‘rganib chiqamiz. Umid qilamanki, Kiyev va uning ortida turganlar Qora dengizdagi kemalarga hujumni davom ettirish masalasida yaxshilab o‘ylab ko‘rishadi», dedi Rossiya prezidenti.
Shuningdek, Ukrainaning Qora dengizdagi tankerlarga hujumlariga radikal javob - Ukrainani Qora dengizdan butunlay uzib qo‘yish, dedi Putin.
Rossiya prezidenti Ukraina tomoni harakatlarini «qaroqchilik» deb atadi. «Eng radikal yo‘l - Ukrainani dengizdan uzib qo‘yish, shunda umuman qaroqchilik bilan shug‘ullanib bo‘lmaydi», dedi u.
Shu bilan birga, Ukrainadagi «maxsus harbiy operatsiya» tom ma’nodagi urush emas, chunki unda Rossiya «boshqacha usullar bilan harakat qilmoqda».
«Rossiya Ukrainada jarrohlik yo‘li bilan, ehtiyotkorlik bilan harakat qilmoqda. Bu to‘g‘ridan-to‘g‘ri, zamonaviy ma’nodagi urush emas», dedi u.
Mavzuga oid
09:21
OAV: London Ukrainaga RFning 9 mlrd yevrolik aktivlarini topshirishga tayyor
23:21 / 04.12.2025
Ukraina aholisi 42 milliondan 36 milliongacha kamaydi – OAV
23:00 / 04.12.2025
Amerika delegatsiyasi Zelenskiy bilan uchrashuvni bekor qilgan - OAV
22:15 / 04.12.2025