O‘zbekiston | 13:23 / 10.12.2025
2548
1 daqiqa o‘qiladi

Adir yerlar auksion orqali fermerlarga sotiladi

Meva-sabzavot yetishtirish hajmini oshirish maqsadida yaylov, qir va adir yerlar sanoatlashgan bog‘ va sabzavot xo‘jaliklari uchun auksion orqali tadbirkorlarga taklif etiladi. Yerlar qiymatining 1 foizi miqdoridagi narx bilan sotilishi ko‘zda tutilmoqda.

Foto: Kun.uz

Muloqotda ta’kidlanishicha, sanoatlashgan bog‘, tokzor barpo etish, sabzavot va ozuqa ekinlari yetishtirish uchun adir yerlar arzonlashtirilgan tartibda auksionga chiqariladi.

Auksion g‘oliblari yerdan foydalanish huquqini boshqa shaxslarga qayta ijaraga berish imkoniyatiga ham ega bo‘ladi. Shu bilan birga, yerni ijaraga berish huquqi bepul tarzda rasmiy ro‘yxatdan o‘tkaziladi.

Bu imkoniyatlar hisobiga ishbilarmon fermerlar kelgusi yilning o‘zida 100 ming gektar adir yerni qishloq xo‘jaligi aylanmasiga kiritishi kutilmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid