Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh XJSdan Trampni ta’qib qilmaslikni talab qildi
AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati Xalqaro jinoiy suddan (XJS) uning ta’sis hujjatiga respublikachi va yuqori martabali amerikalik amaldorlar faoliyatini tekshirishni kafolatli taqiqlashni nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritishni talab qildi. Aks holda Vashington sanksiyalar kiritishga tayyor.
Foto: EPA
Reuters nashrining Oq uy vakiliga tayanib xabar berishicha, agar sud bu talabni, shuningdek, G‘azo sektoridagi urush munosabati bilan Isroil rahbariyatiga nisbatan tergovni to‘xtatish va Afg‘onistondagi Amerika qo‘shinlariga nisbatan ilgari o‘tkazilgan tergovni rasman yakunlash kabi yana ikkita talabni bajarmasa, XJS va uning mansabdor shaxslariga qarshi sanksiyalar qo‘llanilishi mumkin.
Reuters nashrining qayd etishicha, XJS uzoq vaqtdan beri Vashington tomonidan ham respublikachilar, ham demokratlar tomonidan tanqid qilinmoqda. Har ikki partiya vakillari sud AQSh suverenitetiga tajovuz qilayotganini ta’kidlamoqda.
Amerika ma’muriyati vakilining ma’lum qilishicha, Vashington XJS a’zolariga o‘z talablarini yetkazgan, ularning ba’zilari Qo‘shma Shtatlarni qo‘llab-quvvatlamoqda.
AQSh XJS ta’sis hujjati - Rim statutiga a’zo emas. Hujjatni AQSh talablariga muvofiq o‘zgartirishga har qanday urinishlar sekin va murakkab amalga oshiriladi: buning uchun Rim statutini ratifikatsiya qilgan davlatlarning uchdan ikki qismi ma’qullashi kerak, deb eslatdi Reuters.
AQSh joriy yil boshida to‘qqiz nafar XJS mansabdoriga, jumladan, sudyalar va prokurorlarga qarshi sanksiyalar kiritib, amerikalik harbiylarning Afg‘onistondagi ehtimoliy jinoyatlarini tergov qilish doirasida ayblovlarni olib tashlashga uringan.
Agar sanksiyalar yuridik shaxs sifatida sudga nisbatan qo‘llanilsa, bu uning kundalik faoliyatiga, xodimlarga ish haqi to‘lash imkoniyatidan tortib, bank hisob raqamlari va kompyuterlardagi standart dasturiy ta’minotga kirish imkoniyatigacha ta’sir qilishi mumkin, deya tushuntirdi nashr.
Endi esa Amerika rasmiylari XJS Trampning vakolat muddati tugaganidan keyin chora ko‘rishidan xavotirda, deb yozdi Reuters. AQSh ma’muriyati vakili agentlik bilan suhbatda Vashingtonda «2029 yilda Xalqaro jinoiy sud o‘z e’tiborini prezident, vitse-prezident, mudofaa vaziri va boshqa shaxslarga qaratishi va ularga nisbatan sud ta’qibi boshlanishidan xavotirlar kuchayib borayotganini» tasdiqladi. «Bu nomaqbul va biz bunga yo‘l qo‘ymaymiz», dedi u.
XJS raisi Tomoko Akane avvalroq sud AQSh bosimiga qarshi turishga tayyorligini aytgandi. «Rim statutiga tuzatishlar kiritish ishtirokchi davlatlar vakolatiga kiradi», deb ma’lum qildi sud vakili.
Mavzuga oid
22:40 / 10.12.2025
AI olamida kurash: Tramp ma’muriyati nega Nvidia chiplarini Xitoyga sotishga ruxsat bermoqda?
22:29 / 10.12.2025
AQSh Kiyevga Yevropa Ittifoqiga qo‘shilishni va «Koreya ssenariysi»ni taklif qilmoqda
21:38 / 10.12.2025
Tramp doktrinasi: Rossiya bilan yarashamiz, Xitoy bilan tirashamiz!
18:53 / 10.12.2025