O‘zbekiston | 20:10 / 10.12.2025
4180
1 daqiqa o‘qiladi

Saida Mirziyoyeva Turkmanistondagi xalqaro konferensiyada ishtirok etdi

Tadbir zamonaviy jamiyatda xotin-qizlarning o‘rniga bag‘ishlandi.

Foto: Telegram/Saida Mirziyoyeva

Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Turkmanistonning Avaza shahrida «Zamonaviy jamiyatda xotin-qizlarning o‘rni» mavzusidagi xalqaro konferensiyada ishtirok etdi.

«Bugun Avazada «Zamonaviy jamiyatda xotin-qizlarning o‘rni» mavzusidagi xalqaro konferensiyada teng huquqlilik va xotin-qizlar hissasining muhimligi g‘oyalari chuqur tarixiy ildizlarga ega ekani haqidagi fikrlarim bilan o‘rtoqlashdim. O‘zbekistonda xotin-qizlarning ta’lim, tadbirkorlik sohalarida imkoniyatlarini kengaytirish va huquqlarini himoya qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida so‘zlab berdim.

Xotin-qizlar huquqlarini hurmat qilish, bunda o‘zaro qo‘llab-quvvatlash va hamjihatlik muhimligini qayd etdim. Ishonamanki, birgalikdagi sa’y-harakatlarimiz bilan har bir ayol o‘z salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarishi uchun sharoit yarata olamiz», deb yozdi Saida Mirziyoyeva.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid