Avto | 10:46 / 12.12.2025
2165
1 daqiqa o‘qiladi

Elektromobillar soni oshib bormoqda: Toshkent va Toshkent viloyati peshqadam

2025 yil 1 oktyabr holatiga mamlakatda ro‘yxatga olingan elektromobillar soni 86,1 mingtaga yetdi. Ularning mutlaq ko‘pchiligi Toshkent shahri va Toshkent viloyati hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, hududlar kesimida elektromobillar soni quyidagicha taqsimlangan:

  • Toshkent shahri – 64 779 dona;
  • Toshkent viloyati – 6 355 dona.

Qolgan hududlarda esa:

  • Samarqand viloyati – 2 851 dona;
  • Xorazm viloyati – 1 928 dona;
  • Qashqadaryo viloyati – 1 876 dona;
  • Farg‘ona viloyati – 1 624 dona;
  • Buxoro viloyati – 1 439 dona;
  • Navoiy viloyati – 1 250 dona;
  • Andijon viloyati – 1 126 dona;
  • Namangan viloyati – 952 dona;
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 699 dona;
  • Sirdaryo viloyati – 597 dona;
  • Jizzax viloyati – 376 dona;
  • Surxondaryo viloyati – 212 dona.

Ko‘rinib turibdiki, elektromobillar asosan poytaxt va unga yonma-yon hududlarda jamlanmoqda. Bu esa zaryadlash infratuzilmasi, yo‘l sharoitlari va aholi daromad darajasi yuqoriroq bo‘lgan hududlar elektrotransport bozorining “drayveri”ga aylanayotganini ko‘rsatadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid