Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sport va ko‘ngilochar xizmatlar: hududlar kesimidagi yangi statistika
2025 yilning yanvar–oktyabr oylarida respublika bo‘yicha sport, ko‘ngilochar va dam olishni tashkil etish sohasidagi xizmatlar hajmi 3,7 trln so‘mni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 16 foizga o‘sgan.
Foto: Milliy statistika qo‘mitasi
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, hududlar kesimida eng katta xizmatlar hajmi Toshkent shahri hissasiga to‘g‘ri kelgan — 1 568,3 mlrd so‘m. Keyingi o‘rinlarda Toshkent viloyati — 547 mlrd so‘m va Farg‘ona viloyati — 469,5 mlrd so‘m qayd etilgan.
Shuningdek, Samarqand viloyatida xizmatlar hajmi 223,5 mlrd so‘mni tashkil etgan. Xorazm viloyati (149,3 mlrd so‘m) va Qashqadaryo viloyati (147,9 mlrd so‘m) ham nisbatan yuqori ko‘rsatkichlar qatorida qayd etilgan.
Boshqa hududlar bo‘yicha ko‘rsatkichlar:
- Andijon viloyati — 97,3 mlrd so‘m;
- Jizzax viloyati — 93 mlrd so‘m;
- Buxoro viloyati — 76,6 mlrd so‘m;
- Navoiy viloyati — 61,3 mlrd so‘m;
- Surxondaryo viloyati — 49,9 mlrd so‘m;
- Sirdaryo viloyati — 35,6 mlrd so‘m;
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 32,5 mlrd so‘m.
Eng past ko‘rsatkichlar Qoraqalpog‘iston va Sirdaryo hududlarida qayd etilgan.
Mavzuga oid
09:31 / 16.05.2026
O‘zbekistonda ayollarga nisbatan erkaklar soni ko‘proq - statistika
22:31 / 05.05.2026
Mart oyida 2,7 mlrd kub gaz qazib olindi. Bu o‘tgan yilning mos davridagidan 30 foizga kam
21:32 / 01.05.2026
Aholi daromadlarining oshishi sekinlashdi. Poytaxt va hududlar o‘rtasidagi tafovut yanada kattalashgan
10:59 / 10.04.2026