Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tadbirkorlikka ajratilgan subsidiyalar bo‘yicha yangi nazorat tartibi joriy etildi
Hukumat qarori bilan tadbirkorlik sub’yektlariga subsidiyalar, imtiyozlar va preferensiyalar taqdim etilishini monitoring qilish, samaradorligini baholash hamda asossiz olingan yoki maqsadsiz ishlatilgan subsidiyalarni qaytarib olish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Nizomga ko‘ra, tadbirkorlarga qo‘llab-quvvatlash choralarini taqdim etishda ularni ajratadigan tashkilot tomonidan tadbirkor erishishi lozim bo‘lgan aniq maqsadli ko‘rsatkichlar belgilab beriladi.
Qayd etilishicha, tadbirkorga subsidiyalar ajratilishi va ularning ijrosi subsidiya.mf.uz platformasi orqali monitoring qilinadi.
Samaradorlikni baholashda ma’lumotlar quyidagi ketma-ketlikda olinadi:
tadbirkorning moliyaviy va soliq hisobotlari;
sohaviy idoralar yoki statistika organlari ma’lumotlari;
qo‘llab-quvvatlash choralari natijalari bo‘yicha tadbirkor taqdim etgan ma’lumotlar.
Shu bilan birga, samaradorlik har bir tadbirkor kesimida iqtisodiy, moliyaviy (budjet) va ijtimoiy mezonlar asosida alohida baholanishi belgilangan.
Nizomda subsidiyalarni qaytarish asoslari ham ko‘rsatib o‘tilgan. Xususan, quyidagi hollarda tadbirkorga taqdim etilgan subsidiyalar qaytariladi:
- shartnoma (bitim) bo‘yicha belgilangan maqsadli ko‘rsatkichlar bajarilmaganda;
- mablag‘lardan maqsadsiz yoki samarasiz foydalanilgani aniqlanganda;
- tadbirkor tomonidan hujjatlar yoki ma’lumotlarni noto‘g‘ri (buzib) ko‘rsatish, shuningdek subsidiyani asossiz olish holatlari aniqlanganda.
Mavzuga oid
17:38 / 12.05.2026
O‘zbekistonda bir qator subsidiyalar belgilandi
07:27 / 08.05.2026
Xususiy tibbiyot tashkilotlariga davlat budjeti hisobidan xizmat ko‘rsatishga ruxsat berildi
20:08 / 05.05.2026
Elektromobil egalariga ehtimoliy subsidiya miqdori ma’lum bo‘ldi
10:15 / 24.04.2026