Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Kiyevning tinchlik rejasi bo‘yicha yangi takliflariga javob qaytarmadi – Zelenskiy
Ukraina prezidenti 14 dekabr kuni Berlinda AQSh vakillari, Germaniya kansleri Fridrix Mers va boshqa davlat rahbarlari bilan uchrashadi.
Ukraina Kiyevning tinchlik rejasi bo‘yicha yangi takliflariga AQShdan haligacha javob olmadi, dedi Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy.
"Men AQShning javobini hali olganimcha yo‘q. Muzokara jamoasi orqali bir nechta mujdalarni eshitdim va muloqotga tayyorman", - dedi u.
Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, 14 dekabr kuni "Berlinda faol diplomatik kun" boshlanadi. U AQSh vakillari, Germaniya kansleri Fridrix Mers va boshqa davlat rahbarlari bilan uchrashadi.
Ukraina prezidentning qayd etishicha, Berlinda 20 banddan iborat reja ko‘rib chiqiladi.
U Ukrainaning NATOga qo‘shilishi real xavfsizlik kafolati sifatida ko‘rilgani, lekin "AQSh va Yevropadagi ayrim hamkorlar buni qo‘llab-quvvatlamagani"ni bildirdi.
Mavzuga oid
21:30 / 09.07.2026
Ukraina Azov dengizida Rossiyaning 20 dan ortiq kemasiga zarba berdi. Bu haqda nimalar ma’lum?
20:36 / 09.07.2026
Putin Ukraina bilan vaziyatni yanada keskinlashtirishga tayyor - OAV
18:02 / 09.07.2026
“O‘g‘limni izlab Moskvaga bordim” – urgutlik otaning iztirobda o‘tgan kunlari
11:25 / 09.07.2026