Belarus hokimiyati tomonidan ozod etilgan siyosiy mahbuslar Çernixiv viloyatida birinçi matbuot anjumanini ötkazdi. Muxolifat siyosatçilari Mariya Kolesnikova va Viktor Babariko, huquq himoyaçisi Vladimir Labkoviç hamda siyosatşunos Aleksandr Feduta yakşanba kuni, 14 dekabrda qamoqda bölgan davri va ozod etilgani haqidagi holatlarni bayon qildi. Ozod etiş bir kun oldin, Minskda AQŞ delegatsiyasi bilan Belarus hokimiyati örtasidagi muzokaralar natijasi sifatida amalga oşgan.

Mariya Kolesnikova 2020 yilda Belarusni tark etişdan boş tortgani va şundan keyin qölga olingani haqida afsuslanmasligini aytdi. «Şunday paytlar böladiki, hayot oldimizga şunday savollarni qöyadi va biz qiyin tanlov qilişimizga töğri keladi. Men bu qiyin tanlovni juda oson qildim, çunki men Viktor Dmitriyeviç (Babariko — tahr.) va uning öğli Eduard ifoda etayotgan töğri ğoyani qöllab-quvvatlaganimga, qadriyatlarimni himoya qilganimga işonganman va hanuz şunday. Men yolğiz emasman, bundaylar köp», — dedi u.

Kolesnikova ozodlikka çiqqani uçun AQŞ va Ukraina prezidentlari Donald Tramp va Volodimir Zelenskiyga minnatdorlik bildirdi. «Hozir sodir bölayotgan işlar, işning ölik nuqtadan siljişi va ijobiy özgarişlarga umid paydo bölgani uçun Donald Tramp va uning jamoasiga rahmat aytmoqçiman. Prezident Zelenskiyga va butun Ukraina xalqiga — bizlarni qabul qilganingiz, keça va bugun sizning muhabbatingiz va qöllab-quvvatlaşingizni his qilayotganimiz uçun rahmat», — dedi u Ukrainadagi matbuot anjumanida.

U, şuningdek, Belarus rahbari Aleksandr Lukaşenkoning siyosiy mahbuslarni ozod qilişga rozi bölgani uçun ham minnatdorlik bildirdi va bu yönalişda keyingi qadamlar bölişiga umid bildirdi. «Agar biz bu yönalişda nimadir qila olsak, albatta qilamiz. Lekin hozir hammasi mutlaqo bizga boğliq emas, deb öylayman. Biz qamoqda qolganlarning barçasi ozod bölgan kunni mamnuniyat bilan qarşi olamiz, va hammamiz uyga qaytişimiz — biz uçun juda oğriqli masala. Ilk qadamlar optimizm bağişlayapti, umid qilamiz, bu davom etadi», — dedi sobiq siyosiy mahbus.

Kolesnikova, şuningdek, ozod qilinganlar orasida birinçi bölib Ukraina hududiga çiqqanini va eng avvalo «şaxsan Ukraina prezidentiga rahmat aytganini» ma’lum qildi. Keyin u boşqa belaruslik siyosiy mahbuslar keltirilayotgan avtobuslarni körgan — ular orasida Viktor Babariko, Maksim Znak va Marina Zolotova ham bölgan. «Quvonçimni söz bilan ifoda qiliş qiyin. Bu yerda eng muhimi — öşa lahzaning özi sodir bölgani. Albatta, yana takror aytaman: bu işda qatnaşgan barça tomonlarga — siyosatçilarga, diplomatlarga, maxsus xizmatlarga çin dildan minnatdorman», — deya qöşimça qildi u.