Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mirziyoyev, Rahmon va Japarovga Tolstoy nomidagi tinchlik mukofoti topshirildi
Uch mamlakat yetakchisi Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlashga qo‘shgan ulkan shaxsiy hissasi uchun ushbu mukofotga munosib deb topilgan.
Foto: Kremilin.ru
Lev Tolstoy nomidagi tinchlik mukofoti hay’ati raisi, dirijyor Valeriy Gergiyev O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston yetakchilari Shavkat Mirziyoyev, Imomali Rahmon va Sadir Japarovga mukofot medallarini topshirdi.
Uch mamlakat yetakchisi Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlashga qo‘shgan ulkan shaxsiy hissasi uchun ushbu mukofotga munosib deb topilgan.
Tolstoy mukofoti Rossiya Tarix jamiyati va Rossiya Tinchlik fondi tomonidan ta’sis etilgan bo‘lib, u urushning oldini olish, ko‘pqutbli va zo‘ravonliklarsiz dunyo barpo etish hamda tinchlikni mustahkamlash borasidagi ulkan xizmatlar uchun beriladi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida bo‘lib turibdi.
O‘zbekiston yetakchisi 21-22 dekabr kunlari Yevroosiyo Oliy iqtisodiy kengashining navbatdagi majlisida kuzatuvchi maqomida va MDH davlat rahbarlarining norasmiy uchrashuvida ishtirok etadi.
Mavzuga oid
20:54
Armaniston TIV targ‘ibotchi Solovyov bayonotlari tufayli Rossiya elchisini chaqirtirdi
18:18
Rossiya-Ukraina urushi davomiyligi bo‘yicha SSSR-Germaniya urushiga tenglashdi
17:57
Prezident «O‘zbekneftgaz»ga kunlik gaz qazib chiqarish hajmini oshirishni buyurdi
15:58