O‘zbekiston | 23:18 / 22.12.2025
5323
2 daqiqa o‘qiladi

23 dekabrda metan quyish shoxobchalari 6 soat davomida ochiq bo‘ladi - Energetika vazirligi

Vazirlik bergan ma’lumotga ko‘ra, 23 dekabr kuni respublika bo‘ylab metan quyish shoxobchalari soat 10:00 dan 16:00 ga qadar faoliyat yuritadi. Biroq, Farg‘ona vodiysida «metan zapravka»larning ish vaqti hokimliklar bilan kelishilgan holda, «gaz bosimidan kelib chiqib amalga oshiriladi».

Foto: Kun.uz

23 dekabr soat 10:00 dan 16:00 ga qadar respublika bo‘yicha barcha «metan zapravkalar» odatdagi rejimda faoliyat yuritadi, deb xabar berdi Energetika vazirligi. Biroq, aniqlik kiritilishicha, Farg‘ona vodiysida «metan zapravka»larning ish vaqti hokimliklar bilan kelishilgan holda, «gaz bosimidan kelib chiqib amalga oshiriladi».

«Buning asosiy sababi — gaz bosimi pasaygan vaqtlarda vazirlik va hokimliklar tomonidan birinchi navbatda aholi, jamoat transportlari hamda ijtimoiy soha obektlarini tabiiy gaz (yoqilg‘i) bilan uzluksiz ta’minlash hisobga olinadi. Ya’ni, jamoat transportining barqaror ishlashi, ijtimoiy ahamiyatga ega obektlar hamda aholi ehtiyojlarini qondirish ustuvor vazifa hisoblanadi. Shu bois, gaz ta’minotidagi umumiy holat, bosim darajasi va iste’mol hajmidan kelib chiqqan holda «metan zapravkalar»ning ish rejimi mahalliy hokimliklar bilan kelishiladi. Bu chora gaz resurslaridan oqilona foydalanish va barcha sohalarda barqaror ta’minotni ta’minlash maqsadida amalga oshiriladi», deyiladi xabarda.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid